Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Quyosh va Oy tutilishi
Download 118 Kb.
|
5 ta mavzu
Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Quyosh va Oy tutilishi. Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Quyosh haqida umumiy ma`lumot. Quyosh va oy tutilishlari. Planetamizdagi butun tirik mavjudot va o`simliklar dunyosi o`zining vujudga kelganligi va yashayotganligi uchun quyoshdan “qarzdor”dir. Inson quyoshning kundalik harakatiga shu qadar ko`nikib qolganki buni abadiy deb biladi. Quyosh qisqa vaqt mutlaqo ko`rinmay qolganda planetamizda qanday o`zgarishlar ro`y beradi? Bu savollarning javobi hammani qiziqtiradi. Quyosh ko`rinmay qolganda yerni qorong`ulik bosar, quyosh yoritib turgan, yani uning yorug`ligini aks ettiradigan Oy va sayyoralar ham ko`rinmas, faqat yulduzlargina xira shula sochib turardi. Shu bilan birga , yer yuziga qaxraton sovuq hukm surib bir xaftaga qolmay tropiklar bilan qoplanar, daryolar oqishdan to`xtar dengizlar va okeanlar tubigacha muzlar, shamol “uvullash”dan to`xtar edi. Bunday sharoitda insonlar zapas yoqilg`ilar xisobiga umrini bir oz cho`zsa-da, baribir, halokatdan qochib qutula olmas edilar. Shuning uchun hayotimizning manbayi bo`lmish quyosh har jihatdan diqqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda odamlar atrof muhitni ilmiy jihatdan tushuntirib berishga ojizlik qilib, tabiat kuchlari oldida tiz chukkanlar, ularga sig`inganlar. Masalan: qadimgi Misrliklar quyoshni issiqlik va hayot in`om qiluvchi Ra Xudo deb bilib unga sig`inganlar: Yunonlar va rumoliklar esa quyoshni nur, muzika va poeziya Xudosi hisoblab, Feb, Gelios va Apollon nomlari bilan ataganlar. Eramizdan oldingi 430-yillarda yashagan yunon faylasufi, materialist Anaksagor quyoshni chug`langan tiosh jism degan fikrga kelgan va hatto uning kattaligini o`zi yashayotgan Peloponnes yarim oroliga qiyoslash (orolning kengligi qariyb 100 kilometrga teng) o`zi aniqlagan. Quyoshning kattaligini va quyoshgacha bo`lgan masofani o`chashda to`g`ri yo`l tutgan birinchi olim-Aristarx Semosskiyd (eramizdan oldingi IV asr). Uning taxminicha quyosh oydan qariyb 19 barobar uzoqda bo`lib, bu masofa 1 million 160 ming kilometrni tashkil qiladi. Garchi quyoshgacha bo`lgan masofa Aristar taxmin qilgan masofadan 130 barobar katta bo`lsa-da, quyoshning yerdan oyga nisbatan uzoqroqda va oydan bir necha barobar ulkan ekanligini aniqlashning o`zi o`sha davr uchun muxim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda quyoshning massasi , harorati fizik tabiatini o`rganish borasida to`plangan ma`lumotlar quyosh to`g`risida yetarlicha aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko`pgina fizakaviy biologic hodisalar quyosh tasirida sodir bo`ladi. Garchi oddiy ko`z bilan qaraganda quyosh sokin osmon jismidek ko`rinsa-da, osmonda u yirik va quvvatli va fizikaviy protseslarni “boshdan kechirayotgan” yulduzlardan biridir. Shu sababdan quyoshni o`rganishni barcha tabiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta ahmiyati bor. Milliardlab yulduzlarning vakili hisoblanuvchi quyosh kattaligi va haroratiga ko`ra yulduzlar sayyoramiz quyoshiga hamda boshqa yulduzlarga nisbatan million barobar yaqinroq bo`lganligidan u bizga 32˚ ga burchak ostida ko`rinadi. Barcha sayyoralar (Merkuriy,Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatori yer ham quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Yerdan quyoshgacha bo`lgan 149,5 million kilometr masofa astronomiyada eng kichik uzunlik o`lchovi birinchi sifatida qabul qilingan va bir astronom birlik (1.a.b) deb yuritiladi. Yorug`lik nuri bu masofani qariyb 8,5 minutda bosib o`tadi. Ko`pgina osmon jismlarining ekvatorial diametrlari qutbiy diametrlaridan katta. Jumladan yerning bu diametrlari orasidagi farq 41 kilometrdir. Kuzatishlar quyoshning qutbiy va ekvatorial farq qilishini va bu farq qariyb 150 kilometrga tengligini ko`rsatdi. Quyoshning ufqqa (gorizontga) qaragan va unga qarama qarshi qismlaridan kelayotgan nurlar yer atmosferasidan o`tganda turlicha sinadi. Shu sababdan quyoshning qutbiy diametri ekvatorial diametridan kichikdek tuyulib, ellips shaklida ko`rinadi. Tuman yoki g`ubor paytida quyosh yoki oy ufqdan ko`tarilayotgan vaqtida ayniqsa yaqqol seziladi. Biroq bu quyoshning qutbiy va ekvatorial diametrlari nisbatiki aniq belgilshga halaqit beradi. Quyoshning ekvatrila diametrini aniq o`lchash mumkin. Tush paytida quyoshning shariy va g`arbiy nuqtalari bir xil balandlikda bo`lganliligida 1.lardan kelayotgan nurlarga yer atmosferasi bir xilda tasir ko`rsatadi, shu sababli ekvatorial diametr o`lchashi o`zgarmaydi. Quyosh diametric quyoshning aktivlik darajasiga qarab o`zgarib turadi. Yerga eng yaqin osmon jimi oy bo`lib, u planetamizning tabiiy yo`ldoshidir. Oyning yer atrofidagi orbitasi, barcha planetalarning quyosh attrofida aylanish kabi orbitasi kabi ellips (cho`zinchoq aylana) dir. Shu tufayli oyning yerdan uzoqligi biroz o`zgarib turadi. Yerga eng yaqin kelganda(orbitasining perigeida) 363 400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405 400 kilometrli masofada bo`ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo`lib uning hajmi yer hajmining yuzdan ikki qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortish kuchi yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda G`arbdan Sharqqa tomon aylanib 27 kun 8 soatda yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Oy o`z o`qi atrofida ham huddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shuning uchun ham u bizga (yani yerga) doimo bir tomoni bilan ko`rinadi. Oy o`zidan nur chiqarmaydi. Quyoshdan o`ziga tushayotgan nurlarni qaytaradi[4]. Oyga tushgan kosmonavt 1-navbatda o`zini juda yengil his qiladi. Bu , esa eslatilgandek oyning tortish kuchi kamligidandir. Kosmonavt o`z skafandri bilan yerda 90 kilogramm bo`lsa oyda atigi 15 kilogramm bo`lib qoladi. Shuningdek, oyda kuzatuvchi yerda ko`ringan ko`p hodisalardan farqli ajoyibotlarning guvohi bo`ladi. Avvalo, quyosh chiqishidan oldin yerda kuzatiladigan chiroyli qizilrang shafaq oyda kuzatilmaydi. Quyosh kutilmaganda birdan ufq ostidan ko`tarila boshlaydi. Oy osmonida yulduzlar,quyosh tojining ko`rinishi va shafaqning ko`rinmasligining sababi,oy sirtida atmosferaning yo`qligidir quyosh chiqqandan so`ng to tush bo`lgunga qadar qadar 7 kun u 9 soat vaqt ketadi. Garchi bu vaqtda harorat ancha ko`trchi bu vaqtda harorat ancha ko' vaqt ketadi. yo'royli qizilrang shang hammasini ko'alari chiziqli tezligining bu qiymatini tasarilib qolgan bo`lsada, oyda salqin joyni topsih qiyin emas. Buning uchun kraterlar atrofni urovchi tog`lar tepaliklar soyasi jonga aro kiradi. Bu soyalarda etarlicha salqin bo`lishining sababi issiqni tashuvchi xavo molekulalarining yuqligidir. Shu tufayli quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovug`i uzoq vaqtgacha etadi. Oyga birgalshib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora bo`lmasligi kerak. Chunki u xech qanday ovozni eshitmaydi. Tovush to`lqinlarin tashuvchi muxit xam xavo molekulalari bo`lib oyda u molekulalar yo`q. buning uchun maxsus radioperedparatchiklardan foydalanishga to`g`ri keladi. Oy oy osmonning chiroyli xodisalardan yana biri, planetalik. Erning ko`rinishidir. Oy osmonida yer chiroyli, ko`kimtir shar shaklida, oyning osmondagi ko`rinishi to`rt martacha katta ko`rinadi. Biroq yerning yarmidan ko`pi oq bulutlar xosil qilgan “dog`”lardan iborat bo`ladi. Yer qitalari bir oz yorishib, okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi. Oyning relyefi qanday? Oy relyefida yernikiga o`xshash obyekylar ko`plab topiladi. Oyda ham past tekisliklar, tepaliklar, tog`lar bor. Bu obyektlarni birinchi marta italyan olimi G.Galiley 1610-yilda o`zi yasagan teleskopda oyni kuzatib topgan edi. U past tekisliklarga “dengizlar” deb nom bergan. Dengizlar degan nom shartli ravishda hozirgacha qo`llansa-da, aslida u yerlarda suvdan asar ham yo`q. Oydagi tog`lardan eng yiriklari Alp, Appenina va Kavkaz tog`lari deb nomlangan. Tog`larning balandligi bazan 9 kilometrgacha yetadi. Shuningdek, oyda halqali tog`lar ko`plab uchraydi. Sirk deb ataluvchi halqali tog`larda klavi va shikardlarning diametrlari 200 kilometrgacha yetadi. Yerdagi tog`lardan farqli o`laroq, oy tog`lari ko`proq chiqqan bo`ladi. Oy orqa tomonining relyefi, birinchi marta , sovet ittifoqining 1959-yili uchirgan “Luna-3” avtomatik stansiyasi oyning yerdan ko`rinmaydigan orqa tomonnini olgan rasmlarda ma`lum bo`ldi va oyning to`la globusini yasashga imkon berdi. Oydan keltirilgan tuproq namunalarining analizi, oy tuprog`I asosan 4 xil jinslardan, yani mayday donadorlikdagi g`ovak jinslardan , yirik donadorlik jinslaridan, brekchiya deyiluvchi minerallar siniqlaridan va rigolit (mayday zarrachalar va rang) dan tashkil topganini ko`rsatdi. Bulardan birinchi uch xili kimyoviy tarkibiy jixatidan bir xil bo`lib, rigolit esa, meteor moddalar aralashmasidan iboratligi aniqlandi va u oy materiklariga harakterli jins degan hulosaga kelindi. 1969-yilning iyunida AQSH ning “Apollon-II” kosmik apparatiga 2 ostranovt Aristron va Oldrinlar oyga qo`ndilar. Oy ustida ular uzoq sayr qilib, yerga oy sirti tonlari, tuprog`i kristallardan iborat qimmatbaho “suviner” lar bilan qaytdilar. Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling