Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Quyosh va Oy tutilishi


Download 118 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi118 Kb.
#242974
1   2   3   4
Bog'liq
5 ta mavzu

1. Dunyoning global muammolari.

2. Chuchuk suv

3. Chuchuk suv muammosi

Global muammolar deb, shunday muammolarga aytiladiki, ular ko'lami jihatdan butun dunyo, butun insoniyatni qamrab olib, uning hozirgi va kelajagi uchun havf tug'diradi. Hamda o'zlarining yechimi uchun barcha davlat va xalqlar kuchlarining birlashuvi, birgalikda jipslashib harakat qilishini talab etadi.

Barcha tarixiy davrlar va bosqichlarda urushlar jamiyat rivojida o'z muxrini (asoratini) qoldiradi. Biroq ilgari qachon butun-butun mamlakatlar va hatto materiklarning yo'q bo'lib ketish real «imkoniyati» bo'lmagan. Bunday «imkoniyat», ya'ni global havf asrning ikkinchi yarmida yadro qurolni va shu bilan birga raketa texnikasi yaratishi munosabati bilan vujudga keldi. Mana shuning uchun ham tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish, insoniyatning qirilib ketmay, o'zini o'zi saqlab qolishi muammosi haqiqatdan ham hozirgi kunimizning eng birinchi muammosiga aylandi.

Faqat 80-yillar oxiri 90-yillar boshiga kelib, uni haqiqiy yechishga asos solindi. «Sovuq urush» tugatildi. Hozir jahon yadro qirg'ini havfi amalda qolmadi. Biroq ommaviy qirg'in qurollarning regional ziddiyatlar bilan uyg'unlikda tarqalishining hamon davom etishi dunyo uchun yanada katta havf tug'dirmoqda.

Yer yuzining bir qancha mamlakat va rayonlarida ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Atrof-muhitning faqat ifloslanishidan ko'rilayotgan iqtisodiy zarar ijtimoiy, estetik va boshqa xil zararlarni hisobga olmaganda yiliga ko'plab millon dollarni tashkil etadi. Buning ustiga dunyo miqiyosidagi ekologik xavf vujudga keldi; bu xavf Yer yuzi iqlimining nazorat qilib bo'lmaydigan o'zgarishlari va stratosferadagi ozon qatlamining yemirilishidir.

Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko'p davlatlar o'z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Xavfning oldini olish bilan birga to'satdan favqulodda ro'y beradigan xavflarni bartaraf qilish bo'yicha ham yordam uyushtiriladi. Bularning barchasi 70-yillar BMT tomonidan olg'a surilgan «Yer faqat bitta-tanhodir» shiorini bajarish demakdir.

Ikkinchi-intensiv yo'l avvalo mavjud yerlarning biologik mahsuldorligini oshirishdan iborat. Bu yo'lni amalga oshirishda biotexnalogiya, o'simliklarning yangi, yuqori hosildor navlaridan va tuproqqa ishlov berishning yangi usullaridan foydalanish, mexanizasiya, kimyolashtirish, shuningdek meliorasiyani yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, butun Yer shari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmini XX asrning oxirgi choragida-2 baravar, XXI asr o'rtalariga borib esa-5 baravar ko'paytirish lozim. Binobarin, intensiv yo'l- insoniyat oziq-ovqat muammosini yechishning bosh yo'lidir.

Yer yuzining 71%ini egallovchi Dunyo okeani mamlakatlar va xalqlarning aloqasida muhim rol o'ynab kelgan. Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari Dunyo okeanini har tomonlama tadqiq etish va o'zlashtirish butunlay boshqacha ko'lam kashf etdi.

Birinchidan, global energetika va xom-ashyo muammolarining o'tkirlashuvi dengiz tog'-kon hamda kimyo sanoatlari va dengiz energetikasining paydo bo'lishiga olib keldi.

Ikkinchidan, global (dunyoviy) ko'lamdan oziq-ovqat muammolarining o'tkirlashuvi okeanning biologik resurslariga bo'lgan qiziqishni oshirdi.

Dunyo boyicha gidrosferaning umumiy hajmi 1,4mlrd km3 bo’lib, uning 96,5%i dunyo okeaniga, 3,5%i quruqlikdagi suvlarga to’g’ri keladi. Shundan 2,5%ini chuchuk suvlar tashkil etadi. Uning asosiy qismi Antarktida, Arktika,Grenlandiya va tog’ muzliklari shaklida jamlanib qoyilgan bo’lib, hozircha amalda ulardan to’liq foydalanib bo’lmaydi. Dunyo boyicha chuchuk suvning umumiy zapasi 35mln km3 bo’lib, uning 24 mln km3i qoplama va tog’ muzliklariga to’g’ri keladi.98,5%-qoplama, 1,5%-tog’ muzliklari.

Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydigan asosiy manba daryolar suvi bo’lib, ularning yillik suv oqimi 47000 km3ga teng.Daryo suvlarining 47,3%i Janubiy Amerikaga, 26,7%i Osiyoga, 12%i Shimoliy Amerikaga, 9,2%i Afrikaga, 3,7%i Evropaga, 1,1%i Avstraliyaga to’g’ri keladi.Bu miqdor unchalik ko’p emas, buning ustiga uning yarmidan foydalanish imkoni bor xolos.Qishloq xo’jaligida ishlatilgan suv, ayniqsa, obikor dehqonchilikda qaytib o’rniga kelmaydi.Bu holat chuchuk suv tanqisligi xavfini vujudga keltiradi.

Yer yuzasida chuchuk suv juda notekis taqsimlangan.Ekvatorial mintaqada va mo’’tadil mintaqaning shimoliy qismida chuchuk suv etarli va hatto ortiqcha.Bu joylarda: Kongo,Zair,Gabon (aholi jon boshiga yiliga120ming km3), Kanada (115ming km3), Norvegiya (100 ming km3), Braziliya (48 ming km3), Kolumbiya, Venesuela, Peru, Boliviya, Yangi Zelandiya (125 ming km3), Rossiya (28 ming km3) kabi davlatlar joylashgan.

Chuchuk suv bilan ta’minlanganlik darajasi o’rtacha bo’lgan mamlakatlarda aholi jon boshiga yiliga 5-25 ming km3 suv to’g’ri keladi.Bunday holatga AQSH, Meksika, Argentina, Mozambik, Mavritaniya, Eron, Myanma, Shvesiya kabi davlatlar kiradi.

Quruqlikning 1/3qismini tashkil etgan qurg’oqchil mintaqalarda suv tanqisligi juda keskin seziladi.Bu erlarda chuchuk suvga eng kambag’al mamlakatlar joylashgan.Ularda kishi boshiga 5000 km3dan ham kam suv to’g’ri keladi, ularda qishloq xo’jaligida faqat sun’iy sug’oribgina dehqonchilik qilinadi.Bunday mamlakatlarga: G’arbiy yarim shardan birorta mamlakat kirmaydi, Jazoir, Liviya, Misr, Sudan, Efiopiya, Chad, Arabiston yarim oroli mamlakatlari, O’rta Osiyo respublikalari (Qirg’iziston va Tojikistondan tashqari), Yaqin Sharq, Kichik Osiyo, Afg’oniston, Pokiston kiradi.

Chuchuk suv bilan ta’minlanganlik darajasida suvning miqdorigina emas, uning sifati ham hisobga olinadi.Dunyo aholisining1/3qismi, ya’ni asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi sifatsiz suvdan foydalanadi.Shuning uchun ularda turli kasalliklar ko’p tarqalgan va o’lim ko’p uchraydi.

Insoniyatning suv muammosini echishning bir necha yo’llari mavjud.Bu yo’llardan asosiysi ishlab chiqarish jarayonlarining suvga bo’lgan talabini kamaytirish va suv isrofgarligini kamaytirishdir.Shuningdek daryolar oqimini tartibga solish uchun suv omborlarini qurish.Jahonda hammasi bo’lib umumiy suv hajmi 6,5ming km3 bo’lgan 40000dan ortiq suv omborlari buyod etilgan.Bulardagi suv bir vaqtning o’zida er yuzidagi barcha daryolar suvidan 3,5marta ko’p.Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400000km2 bo’lib, Azov dengizidan 10barobar katta.Eng katta suv omborlar: Bratsk, Buxtarma, Tuyamoyin, Nosir.

Jahondagi eng yirik ya’ni suv hajmi 100 mlrd m3 dan ortiq bo’lgan suv omborlari:

1. Bratsk (169 mlrd m3 Rossiya Angara daryosi)

2. Nosir yoki Asuan (Misr. Nil daryosi )

3. Viktoriya (Uganda)

4. Kariba (Zambiya, Zimbabve. Zambezi daryosi)

5. Volta (Gana. Volta daryosi)

6. Guri (Venesuela. Orinoko daryosi).

AQSH, Meksika, Kanada, Avstraliya, Misr, Xitoy, Hindiston va MDHga kirgan mamlakatlarda suvni hududlarda qayta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan va loyihalashtirilyapti.Fors ko’rfazi, O’rta dengiz boyi, Karib dengizi orollarida, AQShning janubida, Yaponiyada, Turkmanistonda dengiz suvini chuchitish amalga oshirilmoqda.Dunyo boyicha Quvaytda suv eng ko’p chuchitilgan.Chuchuk suv jahon bozorida sotilyapti.Masalan: Niderlandiya chuchuk suvni Norvegiyadan, Saudiya Arabistoni Fillipindan, Gongkong Xitoydan, Singapur Malayziyadan keltiradi.Grenlandiya va Antarktidadan Evropaga, Amazonkadan Afrikaga, Janubi-g’arbiy Osiyoga esa aysberglarni keltirish loyihalari bor.



Ma’lumki, daryolar suvidan elektr energiyasi olishda ham foydalaniladi.Jahonda foydalanishi mumkin bo’lgan gidroenergiya zahirasini 10trln kVt.soat deb olsak, shuni teng yarmi 6ta mamlakatga to’g’ri keladi.Ular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada, Braziliy.

Hozirda jahon gidroenergiya zapasining faqat 17%idangina foydalanilmoqda.MDHda esa 23%idan foydalanilmoqda
Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling