Dunyo okeani
Reja:
Dunyo okeani suvlari
Dunyo okeanidagi hayot
Tabiiy geograflarning diqqatini o‘ziga tortgan quruqlik planetamizning 29,2% yer yuzasini egallaydi. Qolgan maydon 70,8% i Dunyo okeaniga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yer yuzasi tuzilishining umumiy tabiiy geografik qonuniyatlari okeanlar tabiiy geografiyasi asoslarisiz to‘la bo‘la olmaydi.
Dunyo okeani osti relefi to‘g‘risidagi eng umumiy tasavvurlarni batigrafik egri chiziqlar berib, u okean osti maydonining taqsimlanishini ko‘rsatadi. Biroq chuqurlik darajasi ko‘pchilik hollarda Dunyo okeani osti relefining elementlarini to‘la aks ettira olmaydi.
Dunyo okeani osti quyidagi yirik elementlarga bo‘linishi mumkin. Bular geoteksturalar yoki planetar morfostrukturalar: materikning suv ostidagi davomi, o‘tkinchi zona, okean lojasi va okean ostidagi suv osti tizmalari.
Materikning suv ostidagi davomi shelfdan, materik yonbag‘ridan va materik etagidan iborat. O‘tkinchi zona o‘z navbatida o‘tkinchi oblastlarga bo‘linadi. Har bir oblast tarkibida chekka kolovina yoki o‘rta dengiz, orollar yoyi va chuqur yoriq yoki cho‘kmalar. Okean Lojasi okean kotlovinalaridan va turli tipdagi balandliklardan tarkib topgan. Okean osti tizmalari rift va chekka zonalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |