Oy-Yerning tabiiy yo’ldoshi. Quyosh va Oy tutilishi
Download 118 Kb.
|
5 ta mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bernhard Varenius (Vareniy
- Immanuil Kant
Buyuk geografik kashfiyotlar davri.
Ekspeditsiyalar davri. Kashfiyotlarning ahamiyati XV asrda italiyalik gumanistlar tomonidan qator antik geograflarning asarlari tarjima qilindi va bu asarlarning (ayniqsa Ptolomey asarlarining) ta’siri ostida Buyuk geografik kashfiyotlar oldidan shu epoxaning tasavvurlari shakllandi.Geografik fikr sekin-asta cherkov dogmalaridan ozod bo`la boshladi. Yerning sharsimonlik g`oyasi va u bilan Ptolomeyning Yevropaning g`arbiy sohillari va Osiyoning sharqiy chekkalarining yaqinligi to`g`risidagi g`oyalari qayta tug`ildi. Bu g`oya Hindiston va Xitoyga dengiz yo`li bilan yetib borish maqsad-intilishni amalga oshirishga javob bera olar edi. Ammo maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar faqat XV asrning oxiriga kelib to`liq yetishdi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb nomlanadigan XV – XVI asrlarda chinakamiga yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Yer yzasining dengiz va quriqlik bo`yicha joylanishi, ularning qiyofasi, Dunyo okeanining bir butunligi isbotlandi. Bu kashfiyotlar va fandagi yuksalish, uygonish – renessans – jarayoni bilan bog`liqdir.Bu davrda kartalardan, XVI asrning oxiridan boshlab atlaslardan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ayrim mamlakatlarning asosan iqtisodiyoti va siyosatiga e’tibor qaratilgan batafsil tasvirlashlar yuzaga kela boshladi. Ular orasida L.Gvichchardinining “Niderlandiyaning tasviri” (1557) asari o`z davrining namunasi edi. 1498-yilda Portugaliyalik sayohatchi Vasko da Gama (1469 – 1524) Hindistonga Afrikani aylanib boradigan yo`lni ochdi. 1513-yilda ispan konkistadori – boylik orqasidan quvgan ishbilarmon – Vasko Nukes de Balbao Panama bo`ynini kechib o`tib, Tinch okean sohillariga chiqdi. 1519 – 22-yillarda portugaliyalik Fernan Magellan (1480 – 1520) boshchiligida dunyo bo`ylab aylanma sayohat natijasida Yerning sharsimonligi va Dunayo okeanining bir butunligi isbot etildi. Kolumb, Magellan va boshqalarning sayohatlari natijasida Yerning shakli, quruqlik va suvli tarqalishining umumiy juz’iyatlari amalda isbot xilindi. Materiklarning ichki xismlari haxida hali ma`lumotlar kam edi. 1552-yilda topshirig`i bilan «Rossiya davlatini yerlararo boriladigan tushurish» ga kirisxildi. Sibirga boriladigan Qozoq va Astraxan xonliklari bosib olindi. 1582-yilda German Timofeyevich Sibir xoni Kuchimxonni yengib, Sibirni bosib oldi. 1605-yilda hollandiya sayyohi Villem Yanszon Avstraliyaning Keyp – York yarim oroliga birinchi bor qadam qo`ydi. «Dreyfkek» kemasida sayohat qilgan Yanszon o`z ochgan yerlarni Yangi Gveniya orolining bir qismi, deb hisoblasa ham bu sana Avstraliya materigining kashf etilish sanasi sifatida tarixda qoldi. XV-XVII asrlar madaniyat va fanning umumiy yuksalishi sharoitida geografiya ham taraqqiy etadi.Geografiya muhim fanga aylangan holda deyarli butun quruqlikning tabiati va aholisi to`g`risidagi ma`lumotlar bilan boyoydi, umumiy va juz’iy geografiyaga ajrala boshlaydi. Merkatorning kartasida materiklarning deyarli haqiqiy qiyofasi aks etadi, Leonardo da Vinchining kartasida esa gipotetik Janubiy materik ko`rsatiladi. Rossiyada esa 1627 – yilda Rus davlatining “Katta chizmasi” yaratildi. XV asrda kitob bosishning yuzaga kelishi geografik sayyohatlar va kashfiyotlar to`g`risidagi ma’lumotlarning saqlanib qolishiga sabab bo`ldi. Bu borada italiyalik geograf va nashrchi Jovanni Ramuzio, ingliz geografi va nashrchi Richard Haklyuytning xizmatlari ayniqsa katta bo`ldi.R.Haklyuyt 1574-yildan boshlab Oksford universitetida o`qituvchilik qilgan va universitetda “Yangi geografiya” deb atalgan kurs bo`yicha ma’ruza mashg`ulotlarini olib borgan (P.Jeyms,J.Martin, 1988). XVII asr umumlashtirish, izohlash va axborotning samaraliroq metodlari tarkib topishiga olib kelgan ilmiy inqilob davri bo`ldi. Kam uchraydigan ob`ektlarni imkoni boricha aniqroq tasvirlashga yo`naltirilgan sa`y – harakatlar bu ob`yetlarda ularning barcha majmuasi uchun xos bo`lgan juz’iyatlarni ko`rish imkonini beradigan umumiy nazariyani ishlab chiqishga intilish bilan almashdi. XVII asrda geografiyaning vazifalarini qayta anglab olishga dastlab ongli va jiddiy ravishda, Buyuk geografik kashfiyotlarning ilmiy yakunlarini nazariy jihatdan umumlashtirishga hollandiyalik geograf Bernhard Varenius (Vareniy,1622 – 1650) harakat qildi. B. Vareniusning geografiya to`g`risidagi u yashagan va ijod qilgan davrdan ancha ilgarilab ketgan edi. B. Vareniusning fikricha, geografiya o`zining e`tiborini Yer yuzasiga qaratadi va bu yuzaning iqlim, relyef, suvlar, o`rmonlar va cho`llar, minerallar, hayvonlar, inson va boshqa juz’iyatlatini o`zaro bog`liqliqda va aloqada o`rganadi. U o`zining “Umumiy geografiya (Geographia generalis…,1650)” kitobida geografiyani tasvirlovchi fan sifatidagi tasavvurlardan voz kechib, Yer to`grisida top`langan barcha bilimlarni bir tizimga solishga harakat qildi. Y.G.Saushkinning (1973) fikricha B. Vareniusning “Umumiy geografiyasi” geografiya bo`yicha birinchi nazariy asardir. B. Varenius o`zining kitobida Yer yuzasi va yuza tabiatini boshqaradigan qonunlar to`grisida yozadi.Yerning Olamdagi o`rnini belgilashda B. Varenius geliosentrik ta’limotga tayanadi va geografiyani amaliy matematikaning bir qismi sifatida qaraydi. K.K. Markov (1978) ta`biricha, B. Vareniusning “Umumiy geografiyasi” Uyg`onish davrining g`oyalari va faktlari asosida yozilgan umumiy tabiiy geografiyadan boshqa narsa emas”. B. Varenius Yer yuzasida uchta geografik mintaqa (zona)ni – issiq (torrida), sovuq (frigida) va mu`tadil (temperata) mintaqalarini ajratadi. B. Vareniusning “Umumiy geografiyasi”da yagona geografiyada bo`linish (differensistsiya) tendensiyalari yaqqol ko`rinadi. O`z davrida B. Varenius predmeti yer – suv shari bo`lgan geografiyani umumiy holda umumiy geografiyaga va juz’iy (maxsus) georafiyaga ajratgan edi. Uning fikricha, umumiy geografia Yerni o`rganadi, uning juz’iyatlarini tushuntirib beradi; juziy (maxsus) geografiya esa Yer sharining har bir oblastining (turli mamlakatlarning) o`rni va holatini ko`rsatadi.Juz’iy geografiyada B. Varenius xossalari nazarda tutiladigan quyidagi uch bo`limni ham ajratadi: 1) “yerga mansublik” xossalari (mamlakatning o`rni, chegaralari, qiyyofasi, maydoni, relyefi, ma’danlarini qazib olish, suvlari,tuproqlari, o`simliklari, hayvonot dunyosi); 2) “osmonga mansublik” xossalari (joining kengligi, Quyosh balandligi, yil mavsumlarining uzun-qisqaligi, iqlim zonalligi, meteorologik hodisalarning yo`nalishi, astronomic kuzatishlar); 3) “insoniylik” xossalari. B.Vareniusning o`z davridan ancha ilgari surilgan ilmiy go`yalari ilmiy geografiyaning tarkib topishi uchun sezilarli ta`sir ko`rsata olmadi, chunki XVII asrning o`rtasida geografiyaning imkoniyatlari cheklangan edi. Bu davrda Yer yuzasi to`g`risida ma`lumotlarning to`liqmasligi sababli geografiya tahlil va sintezga o`ta olmas edi.Vaholanki, shu asrning o`rtasidan boshlab Yer yuzasida dengizning quruqlikka nisbatan ustunligi aniq bo`la boshladi, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshida Yer yuzasining o`lchamlari hamda Yerning shakli to`g`risida aniqroq tasavvurlar shakllandi. XVII asr geografiyasi osmon jismlarini o`rganadigan astronomiydan farq qilgan holda Yerni va mamlakatlarni o`rganish bilan mashg`ul bo`ldi. G.Lyebnits ta’biri bilan aytganda “astronomiya mendan yuqoridagi, ya’ni osmondagi jismlar olamini, geografiya esa men bilan yonma-yon turgan jismlar olamini, ya’ni mamlakatlarni o`rganadi”. Yaqin atrof olamiga yangicha qarashning vujudga kelishida, tabiiy geografiya va Yer to`g`risidagi unga yaqin fanlarning rivojlanishida I. Kantning “Umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi” (1755) va M.V.Lomonosovning “Yer qatlamlari to`g`risida” (1763) mashhur asarlari muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu mashhur asarlarda tabiatning rivojlanishi o`z tasdig`ini topdi, ya’ni Yer va unimng hozirgi jismlari va hodisalari makonda qaraldi. Faylasuf va geograf Immanuil Kantning (1724 – 1804) falsafiy, umumilmiy va geografik qarashlari juda qiziqarli edi. I. Kantning tabiiy geografiya bo`yicha1801—02-yillarda nashr qilingan ma’ruzalari geografik qonuniyatlarni bilishga juda kam yangilik qo`shgan bo`lsada, geografiyaga xorologik (makondagi) fan sifatida qarashning g`oyaviy asosini tashkil etadi.I.Kant M.V.Lomonosov kabi rasmiy geograf edi. U 42 yil davomida Kenigsberg universitetining geografiya professori bo`lgan. I.Kantning “Geografiya”asarida uning dunyo qarasining salbiy tomonlari geografik g`oyalarida ham o`z aksini topdi. Bu asarda tabiatning yarim komponentlari insonni ham o`z ichiga olgan holda mashhur sayyohlardan olingan ma’lumotlar asosida tasvirlangan. Uning fikricha makonda hodisalarning almashinishini geografiya, zamondagi ketma-ketligini (tadrijiyligini) esa tarix o`rganadi. Dunyoning global muammolari
Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling