Mavzu: chet el olimlarining geografiyani oʻqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissalari
Download 19.54 Kb.
|
2-amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Savol va topshiriqlar
2-AMALIY MASHGʻULOT MAVZU: CHET EL OLIMLARINING GEOGRAFIYANI OʻQITISH FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA QOʻSHGAN HISSALARI REJA: 1. Chet el olimlarining geografiyani oʻqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissalari. 2. A.Y.Gerd va V.F.Zuyevning geografiyani oʻqitish fanini rivojiga qoʻshgan hissasi? Adabiyotlar: 1. Sharipova D., Xodjayeva D. Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. – T., 2018. 2. Nuritdinova M. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Oʻqituvchi”, 2005. 3. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -350 bet. 4. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -254 bet.. 5. Olloqova Oʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. Buxoro: “Durdona”, 2021. -162 bet. Geografiyani oʻqitish metodikasining qisqacha tarixi. Ushbu yoʻnalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754 - 1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, oʻqituvchilar seminariyasida leksiyalar oʻqidi. 1786- yili V.F.Zuyev “Tabiiyot tarixining koʻrgazmalari” nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni oʻrganish izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), oʻsimliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) koʻrsatilgan. Bu darslik oʻquv predmeti sifatida tabiiyot faniga asos soldi. V.F.Zuyev maktab oʻquvchilarining tabiiy obyektlarni oʻrganishlarini yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, oʻsimlik va hayvonlarni bevosita sezgilar orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, oʻquvchi oʻz oʻlkasining tabiatini albatta oʻrganishi kerakligini koʻrsatdi, bu kitob oʻqitishning hozirgi oʻlkashunoslik tamoyiliga mos keladi. Biroq bu ilgʻor gʻoyalarning fanda hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron boʻlgan sharoitda, oʻquvchilardan faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin emas edi. K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni oʻz joyi, oʻz oʻlkasini oʻrganishdan boshlashni taklif etdi, bunda kitobni oʻqish yoki oʻqituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlar yordamida tekshira olsin. Ushinskiyning ta'kidlashicha, oʻz joyi tabiatini oʻrganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki kuzatish kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi. “Bolalar dunyosi” kitobida muallif bolalarning nutqini rivojlantirish, ularni oddiy mantiqiy ishlarga oʻrgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini koʻrsatib berdi. Mustaqil qabul qilinganlargina oʻquvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayondagi kuzatish metodining rolini koʻrsatib berdi. Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan bogʻlab tabiiyot oʻqitish tizimini birinchi boʻlib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888) taklif qildi. U koʻrgazmali oʻqitish bola idrokining bor holatiga muvofiq boʻlishi kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltiigan tizimda tabiiyotni oʻrganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlangʻich sinflarda jonsiz tabiat kursini oʻqitish metodikasini ishlab chiqdi. “Tabiiyot qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek, “Yer, havo, suv” nomli oʻquv qoʻllanma va ularni oʻqitishga oid “Boshlangʻich maktabda predmetli darslar” nomli metodik qoʻllanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi boʻyicha asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Boshlangʻich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu sharoitdagina darslarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu asosda bolalarga bilim berish, tabiat toʻgʻrisida yaxlit tasavvur hamda tabiat hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tugʻiladi. Bu predmetni joriy qilinishi bilim xarakteri, material hajmi hamda oʻrganish izchilligini tuzishni, shuningdek, oʻquv soatlari ajratilishini va kursning umumiy tizimida darslar vorisligini ta’minlashni talab qiladi. Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich Vaxterov birmuncha boshqacharoq qaradi. U “Oʻqitishning predmetli metodi” nomli kitobida tabiiyotni ogʻzaki oʻqitishga qarshi chiqib, tabiatm kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon qilishga tayanib oʻrganishni, ya’ni predmetli oʻqitishning muhimligini isbotladi. Biroq boshlangʻich sinflarda tabiiyotni maxsus oʻquv predmeti sifatida ajratishni yoqlamagan holda “predmetli oʻqitishga alohida oʻquv predmeti sifatida qarash mumkin emas”, deb ta’kidladi. 1917-yilda V.A. Gerdning “Boshlangʻich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot” nomli kitobi nashr etilgan edi, unda muallif tabiiyotni boshlangʻich maktabda maxsus predmet sifatida oʻqitish zararligini isbotlab bergan. M.N.Skatkin tabiiyot metodikasi boʻyicha XX asrning 50-yillarida nashr etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi oʻquvchilarning tabiatshunoslikka oid bilimlarni oʻzlashtirishlariga ta'sir koʻrsatuvchi boshqa metodlar bilan bir qatorda kuzatish metodiga alohida urgʻu berdi, uning yordamida tabiat toʻgʻrisida aniq tasavvur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U oʻquvchilarning oʻqituvchi rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil kuzatishlar oʻtkazish oldidan oʻqituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va metodikasini tushuntirib berishi kerak. M.N.Skatkin oʻz tadqiqotlarida tabiatshunoslik boʻyicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni oʻrganishga oid mashgʻulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. Tabiatda, oʻquv-tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida P.A.Zavitayevning “Boshlangʻich maktabda tabiiyot boʻyicha kuzatish va tajribalar” nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi. Unda oʻrganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan material oʻqish bilan toʻldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi. Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar oʻtkazish metodikasini yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi nashr qilindi, unda 1-4-sinflarda ob-havoni kuzatish tizimi taklif qilingan, kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya va tabiiyot darslarida, maktab oʻquv-tajriba maydonidagi amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydalanish uslublari keltirilgan. Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy oʻzining “Yuragimni bolalarga beraman” nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning oʻzida oʻrgatishni, ularda hissiyot va hayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U oʻqituvchi bolalarning ruhiy dunyosini bilishi, ularning aqliy rivojlanishi, bilim olishga qiziqishlariga har jihatdan yordam berishi kerak, deb hisobladi. Suxomlinskiy tafakkurni rivojlantiruvchi birinchi darsni tabiat quchogʻida oʻtkazilishini tavsiya qildi. U bolalarni maktabda olti yoshdan boshlab oʻqitish tarafdori edi. Uning bolalarni oʻqitishga tayyorlashda oila bilan maktabning aloqasiga moslab ishlab chiqqan tizimi hozirgi zamon pedagogikasining ham yutugʻidir. 1969-yilda tabiatshunoslik 2- va 3-sinflarda mustaqil predmet sifatida oʻqitila boshlandi va faqat 1-sinfda tabiatshunoslik materialidan oʻqish va nutqni rivojlantirish darslarida foydalanildi. Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari munosabati bilan tabiatshunoslikni oʻqitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986- yildan e'tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab oʻqitila boshlandi, maktabda oʻqitish muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1-2-sinflarda “Atrof olam bilan tanishtirish” nomli yangi oʻquv predmetini oʻqitish imkoniyatini berdi, u 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik” fani sifatida oʻtila boshlandi. Savol va topshiriqlar 1. Chet elda geografiya oʻqitish metodikasining rivojlanish tarixini oʻrganing. 2. Geografiya oʻqitish metodikasi fani rivojiga hissa qoʻshgan olimlardan yana kimlarni bilasiz? 3. A.Y.Gerd va V.F.Zuyev, M.N.Skatkinlarning asarlarini oʻrganing. Oʻxshash va farqli tomonlarini izohlang. Download 19.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling