13-mavzu: yangi texnikani yaratish va o‘zlashtirish reja: Yangi texnikani yaratish va o‘zlashtirishning mohiyati hamda vazifalari


Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash bosqichlari


Download 16.87 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi16.87 Kb.
#1112159
1   2   3
Bog'liq
Маъруза 13

2. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash bosqichlari


Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash qat’iy ketma-ketlikni talab etmaydigan bir qancha quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Birinchi bosqich ilmiy –tadqiqot bo‘lib, qoidaga ko‘ra u ishlab chiqarishni zavoddan tashqari tayyorlashga kiradi. Ushbu bosqichda nazariy va eksperimental tadqiqotlar, patent qidiruvi, shaxsiy ixtiro faoliyati, shuningdek, stend yoki alohida qism ko‘rinishidagi yangi texnikaning tajriba nusxasini yaratish ishlari olib boriladi.
Ikkinchi bosqich konstruktorlik tayyorgarligi bo‘lib, unda yangi mahsulot turini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan texnik hujjatlarni tayyorlash, tajriba nushalari va partiyalarini tayyorlash hamda uni sinovdan o‘tkazish, mahsulotni seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi. Aniq mavjud shart-sharoitlarga qarab, ushbu faoliyat alohida maxsuslashtirilgan konstruktorlik muassasalarida ilmiy-tadqiqot insitutlarida yoki korxonalar konstruktorlik byurolarida amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich – ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash. Bunda buyumni tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish va uni tatbiq etish, texnologik ta’minotni loyihalashtirish ishlari amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – ishlab chiqarishni tashkiliy – iqtisodiy jihatdan tayyorlash. Bunda yangi turdagi buyumni ishlab chiqarishning tashkiliy tomonlari, zarur bo‘ladigan resurslarga ehtiyoj hisob-kitobi, bajaruvchilar, kutiladigan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi bajariladi.
O‘z-o‘zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar:
1. YAngi texnikani yaratish va o‘zlashtirishning mohiyati nimadan iborat?
2. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini sanab Bering?
Download 16.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling