13-mavzu: Yettisuv va Janubiy Qozog`iston o`rta asr shaharlari urbanizatsiyasi. Reja
Download 23.24 Kb.
|
2 5226929805722654301[2]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism
13-mavzu: Yettisuv va Janubiy Qozog`iston o`rta asr shaharlari urbanizatsiyasi. Reja: 1. Qog‘og‘iston va uning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiyasining qisqacha tarixi. 2. Yettisuv shahri. 3. O‘tror, Turarband, Tarband, O‘trortepa — qadimiy shahar xarobasi. Asosiy qism: Qozog‘iston yoki Qozog‘iston Respublikasi (qoz. Qazaqstan, Qazaqstan, Qazaqstan Respublikasы, Qazaqstan Respublikası) — Ma’muriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan (tuman)larga bo‘linadi. Poytaxti — Ostona shahri. BMT a’zosi. Qozog‘istonning katta shaharlari Olmota, CHimkent, Qarag‘andi , Taraz, Aqto‘be. Yer maydoni bo‘yicha (2 mln 724,9 ming km²) jahonda 9-o‘rinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan, janubida — Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston, Sharqida — Xitoy bilan chegaradosh. G‘arbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubida Orol dengizi suvlari yuvib turadi. Hozirgi Qozog‘iston hududida miloddan avvalgi 4—3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo bo‘ldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalarida ko‘pgina dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shug‘ullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, qo‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 3—1-asrarda hozirgi Qozog‘iston hududida Qang‘ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr o‘rtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va CHu daryolari oralig‘idagi hudullarda turgashlar, 766-yil qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766—940) hunarmandchilik va savdo markazlari bo‘lgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo bo‘ldi. 8—10-asrlarda Qozog‘iston janubida islom dini tarqaldi. 9—11-asrlarda Qozog‘istonning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlari o‘g‘uzlar davlati tarkibida bo‘lgan. 8—11-asrlarda shimoli-Sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan). 10-asrning 1-yarmida Ettisuvga Sharqiy Turkistondan yag‘molar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning o‘rnida Qoraxoniylar davlati paydo bo‘ldi. 1219—21 yillarda mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinib, CHingizxon o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlandi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Qozog‘iston Oltin O‘rda tarkibida, u parchalangach, Oq O‘rda va Mo‘g‘uliston tarkibida bo‘lgan. Amir Temur 1391-yil To‘xtamishta qarshi yurishi chog‘ida Qozog‘istondagi Ulug‘tog‘ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil o‘tgach, Abdullaxon 2 ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulug‘tog‘da masjid qurdirgan. Katta hududni birlashtirgan Oq O‘rda 14-aar oxiri — 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan No‘g‘ay O‘rda va O‘zbek xonligi ularning eng yiriklari bo‘lgan). 15-asr oxirida Ettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga etdi. Qosimxon davri (1511 — 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-asr o‘rtalarida No‘g‘ay O‘rdasi, keyinroq Mo‘g‘uliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga bo‘linib, Katta juz (Ettisuv), O‘rta juz (Markaziy Qozog‘iston) va Kichik juz (G‘arbiy Qozog‘iston) deb atala boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo bo‘ldi. 18-asr boshlarida Qozog‘istonga Jung‘ariya xonligi xavf solib turdi (1729-yil jung‘arlar Katta juzning talay erlarini bosib oldi). 1726-yil Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731-yil Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731—1740 yillarda O‘rta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr o‘rtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon o‘ldirildi (1748). Uning o‘g‘li Nurali kichik juz xoni bo‘lib, podsho ma’muriyatiga tayandi va o‘z hokimiyatini O‘rta juzning bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyasizlikka uchradi. Jung‘arlarning Xitoydan mag‘lubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi jung‘arlar hokimiyati ostida bo‘lgan Katta juzda manjurlar hukmronligi o‘rnatilishi xavfi paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning janubiy hududlari, jumladan, CHimkent ham Qo‘qon xonligi tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida O‘rta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan so‘ng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urug‘ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga o‘tildi. Dasht erlarning janubiy hududlari Qo‘qon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qo‘qon xonligiga qarashli Oqmachit qal’asini ishg‘ol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi. Rossiyaning ta’siri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qo‘qon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. O‘sha yilning oktyabrda rus qo‘shinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunog‘och darasida Qo‘qon xoni askarlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada Ettisuvning barcha qismi Rossiyaga qo‘shib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq erlarining Rossiyaga qo‘shib olinishi tugallandi. Podsho hukumati o‘lkada ma’muriy islohotlar o‘tkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Ettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va To‘rg‘ay viloyatlari, G‘arbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi. Viloyatlar uezdlarga, uezdlar volostlarga, volostlar ovullarga bo‘lindi. Barcha erlar davlat mulki deb e’lon qilindi. 1867—68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tug‘dirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. U shafqatsiz bostirildi. Qozog‘iston Rossiya sanoati uchun o‘z tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi bo‘lib qoldi. Download 23.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling