13-mavzu: Yettisuv va Janubiy Qozog`iston o`rta asr shaharlari urbanizatsiyasi. Reja


Download 23.24 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi23.24 Kb.
#1061988
1   2   3
Bog'liq
2 5226929805722654301[2]

Yettisuv (qozoqcha Jetisu) — Qozog‘istonning janubi-Sharqiy qismi. Shimolda Balxash ko‘li, shimoli-Sharqda Sassiqko‘l va Olako‘l, janubi-Sharqda Jung‘ariya Olatovi tizmasi, janubda Shimoliy Tyanshan tizma tog‘lari hamda g‘arbda CHu – Ili tog‘lari bilan chegaralangan. Ettisuv atamasi Balxash ko‘liga quyiladigan 7 daryo (Ili, Qoratol, Biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarqand) dan olingan. Ettisuvning shimoli-g‘arbiy va shimoliy tekislik qismi Tovqum, Sarieshik-o‘trov, Luqqum, YOmonqum kabi qumli va qisman sho‘rxok cho‘llardan iborat. Shuvoq-sho‘ra, saksovulzor va butazorlar, daryo bo‘ylarida to‘qaylar, janubi-Sharqida 2000 m gacha balandlikda bargli o‘rmonlar, yuqoriroqda qarag‘ayzor va alp hamda subalp o‘tloqlari bor.
Tarixiy manbalarda Ettisuv deganda ancha katta hudud (CHu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Ettisuv — Markaziy Osiyo madaniyatining qadimiy markazlaridan biri. Ettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Mil. 6-asr oxirlarida Ettisuvda G‘arbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (8-asrning o‘rtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Ettisuvni 10-asrning o‘rtalaridan Qoraxoniylar, 12-asrning 30-yillaridan Qoraxitoylar boshqargan. Mo‘g‘ullar bosqinchiligi davri (1219—21)da Ettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiq zarar ko‘rgan. 16-asrda Ettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. 19-asrning o‘rtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan.
Jankent — qadimiy shahar harobasi (mil. 1-asr — 16-asr boshi). Orol dengizining shimoli-Sharqiy qirg‘og‘ida, hozirgi Kazalinsk shahri yaqinida joylashgan. 9—13-asr manbalarida Yangikent nomi bilan mashhur bo‘lgan. 10-asr manbalarida aytilishicha, Janket o‘g‘uzlar mamlakatining asosiy shahri hisoblangan. Jankent mo‘g‘ullar istilosi (13 asr) ga qadar Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholining siyosiy qarorgohi, savdo va xunarmandchilik markazi bo‘lgan. Volga bo‘yi, Kiev va Novgorod bilan aloqa qilib turgan. 16-asr boshlarida, Shayboniylar davrida Jankent haroba holga kelgan.
Isfijob — o‘rta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozog‘iston)da joylashgan. Ko‘pgina tadqiqotchilar uni CHimkentdan 12 km Sharqda, Sayram stansiyasining o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon vujudga kelgani noma’lum. Sharq geograflarining ma’lumotlariga qaraganda, maydoni Binkadan 3 marta kichik bo‘lib, Isfijobning arki 10-asrdayoq vayrona holatda bo‘lgan; faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uzunligi 1 farsax (6–7 km) ni tashkil qilgan. SHaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, SHakron va Buxoro bo‘lgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome masjidi va bozorlar joylashgan. 840 yilda Isfijob viloyati somoniylardan Nuh ibn Asad qo‘l ostiga o‘tgan. Viloyatni ko‘chmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad Isfijob atrofini devor bilan o‘rattirgan. Isfijob Buyuk ipak yo‘li ustida bo‘lib, bu erda bo‘z, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qo‘rg‘on (rabot)i bo‘lgan. 10-asr oxirlarida qoraxoniylarga, 13-asr boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219 yildan mo‘g‘ullarga bo‘ysungan; shaharning yangi nomi — Sayram dastlab shu davrdan (1221 y.) tilga olinadi.
Sig‘noq, subo — mil. 2—5-asrlardagi xitoy manbalarida tele deb nomlangan 44 ta turk kabilasidan birining nomi. Turk xoqonligi tashkil topguncha chibni, bo‘rji, aziy, o‘g‘uz, kirgiz, irtish, unig‘ur kabi qabilalar bilan birga Tangritog‘ (Tyanshan) etaklaridagi yaylovlarda yashagan. Turk xoqonligi tashkil topgach, uning fuqaroligiga o‘tib turk deb atala boshlagan.

Download 23.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling