13. O'zbekiston o'zining mustaqillik yo'li. Mustaqil O‘zbekiston: taraqqiyot va farovonlik yo‘li


Download 24.75 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi24.75 Kb.
#213757
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (3)


13. O'zbekiston - o'zining mustaqillik yo'li.

Mustaqil O‘zbekiston: taraqqiyot va farovonlik yo‘li



Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan tadrijiy islohotlar siyosati va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli O‘zbekiston mustaqillik yillarida ulkan natijalarga erishib, izchil taraqqiy etib bormoqda.

Garchi yurtimiz o‘zining navqiron 27 yoshini qarshi olayotgan bo‘lsa-da, ana shu qisqa muddatda yangi muvaffaqiyatlarni, yuksak marralarni zabt etayotir. Ularning har biri, ayniqsa, dunyo jadal o‘zgarib borayotgan, butun boshli mintaqalar surunkali nizolar o‘chog‘i va qonli to‘qnashuvlar girdobida qolgan bir davrda juda ahamiyatlidir.

Darhaqiqat, O‘zbekiston murakkab geosiyosiy sharoitda mamlakatda qaror topgan barqarorlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishayapti, ijtimoiy soha rivojlanmoqda, ta’lim va tibbiyotni ravnaq toptirish hamda qishloqni yanada obod qilishga katta miqdorda investitsiya yo‘naltirmoqda. Bu natijalar, ta’bir joiz bo‘lsa, osmondan tushgan emas. Har bir muvaffaqiyat, har bir marra zamirida mamlakatimiz rahbari atrofida bir tanu bir jon bo‘lib jipslashgan, islohotlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida yuksak mas’uliyat hissi bilan yashayotgan xalqimizning zahmatli mehnati mujassam.

O‘zbekiston Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari, onalik va bolalikni himoya qilish, ta’lim tizimini takomillashtirishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatlar barqaror va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasidir”.




Download 24.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling