13-seminar. Nazorat savollari Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayonining xususiyatlari nimadan iborat?
Download 17.43 Kb.
|
13-seminar ITT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. G‘arbiy Germaniyada L.Erxardning iqtisodiy islohotlarini mohiyati nimada 5. Yevropa integratsiyasi muammolari va istiqbollarini xarakterlang
13-seminar. Nazorat savollari 1. Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayonining xususiyatlari nimadan iborat? 2. M.Tetcher va R.Reygan iqtisodiy siyosatlarining o‘xshash jihatlari nimada? 3. Sharl de Goll hukumatining iqtisodiy islohotlarini mazmuni nimadan iborat? 4. G‘arbiy Germaniyada L.Erxardning iqtisodiy islohotlarini mohiyati nimada? 5. Yevropa integratsiyasi muammolari va istiqbollarini xarakterlang? Birinchi jahon urushiga qadar Angliya boshqa mamlakatlardan ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarni tashkil etilishi borasida orqada edi. Ammo urush davrida, daromadli davlat buyurtmalarini eng yirik firmalar olayotgan sharoitda, hamda urushlar oralig‘idagi inqirozli va depressiyali yillarda, mayda va kuchsiz firmalar to‘xtovsiz xonavayron bo‘layotgan vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. 80-yy. boshlarida jahonning 5 yirik monopoliyalaridan 3 tasi amerikaniki, 2 tasi angliyaniki edi: “Royyal Datch Shell” va “British Petroleum” (ikkalasi neft monopoliyalari). GFR va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari birinchi beshlikka kirmagandi. XX asr 80-yy.da M.Tetcher hukumati bir qator firmalarni xususiylashtirdi. Avval to‘liqligacha davlat sektori hisoblangan tarmoqlarga xususiy sektor kiritildi. Iqtisodiyotda davlat investitsiyalari qisqartirildi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari qisqartirildi. Lekin ushbu choralar iqtisodiyotda davlat ulushini katta hajmda qisqarishiga olib kelmadi. Bu davrda kommunal xizmatlar va uy-joylar xususiylashtirildi, millionlab inglizlar davlatdan uylarini sotib oldilar va natijada 65% aholi shaxsiy uyiga ega bo’ldi. Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarni sotishda xususiylashtirayotgan firmalar xodimlari ustuvor huquqlarga ega bo’ldilar. Natijada M.Tetcher hukumati davrida aksionerlar soni aholining 7%dan 25 %gacha oshdi. Urush va to‘rt yil davomidagi okkupatsiya mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1944 yilda Sharl de Goll boshchiligida muvaqqat hukumat tashkil etildi va u 1946 yilga qadar faoliyat ko‘rsatdi. Hukumat tarkibiga aholining turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiruvchi turli partiyalar vakillari kirdi.Hukumatda moliya-iqtisod sohasidagi masalalar bo‘yicha fikrlar birdamligi yo‘q edi. Milliy iqtisodiyot vaziri P.M.Frans tomonidan taklif etilgan pul islohoti, inflyasiyani oldini olish maqsadida ish haqi va narxlarni muzlatilishini, bank hisob raqamlarini yopish, banknotalarni majburiy tarzda almashtirishni nazarda tutgan edi, lekin bu islohot de Goll tomonidan rad etildi. U moliya vaziri R.Pleven tomonidan ishlab chiqilgan islohot loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu islohot asosida katta hajmda ichki zayomlar chiqarish nazarda tutilgan edi. Kommunistlar va hukumatdagi ba’zi “so‘llar” muhim vazifa tariqasida xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish qayd etishardi. Puxta tayyorlangan iqtisodiy islohot bir vaqtning o‘zida pul islohoti, narxlar islohoti, markaziy boshqaruvni qayta qurish bilan birgalikda amalga oshirildi. Avvalgi tizim asta-sekin emas birdaniga buzib tashlandi. Narxlarning o‘sishi taxminan yarim yildan so‘ng to‘xtadi. Islohotlarning muvaffaqiyati o‘z vaqtida korrektirovkalar kiritish bilan ham belgilandi (masalan, milliy valyuta almashuv kursini qayta ko‘rib chiqilishi) va kuchli va nufuzli hukumatning mavjudligi bilan ham ta’minlandi. L.Erxard neoliberal bo‘lib maqsadga erishish yo‘lida davlat vositalaridan unumli foydalangandir. Pul islohotlaridan so‘ng resurslarni ma’muriy taqsimlanishi va ularni nazorati bekor qilindi.1948 yilda ishlab chiqarish hajmi 1936 yilga nisbatan 57%ni tashkil etgan bo‘lsa, 1949 yil o‘rtalariga kelib – 85%, 1950 yil o‘rtalarida – 107%, 1951 yil iyulida 127%ni tashkil etdi. 1951 yilda Erxard o‘z ma’ruzalarining birida Germaniyada Yevropa mamlakatlari ichida ish haqi indeksi eng katta ko‘rsatkichni tashkil etishini ta’kidlab o‘tdi: GFR-123%, Buyuk Britaniya -109%, Italiya – 113%, Belgiya – 109%, Gollandiya – 111%, Shvetsiya – 101%.Erxard islohotlari tez orada ijobiy natijalarini berdi. 1949 yil oxiriga kelib sanoat 1936 yil holatiga tenglashdi, 1950 yil oxiriga kelib esa 1936 yil ko‘rsatkichini 14,4%ga oshib o‘tdi. Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1944 yilda, Yevropada yevropa iqtisodiy integratsiyasi g‘oyasi amalga oshirila boshlandi. Birinchi urinish sifatida Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg hukumatlarining 1948 yil 1 yanvardan bojxona ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi qarori namoyon bo‘ladi, keyinchalik ushbu ittifoqni Benilyuks deb atashadi. Tomonlar keyinchalik 1921 yildan beri mavjud Belgiya-Lyuksemburg iqtisodiy ittifoq tipidagi ittifoqqa aylantirish xohishini bildirdilar. 1949-1950 yy.da sanoat mahsulotlari importi cheklovlari olib tashlandi, 50-yy.ning o‘rtalariga kelib Benilyuks doirasida ish kuchi va kapital erkin harakatlana boshladi. Benilyuks tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. Download 17.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling