148. Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bo‘linadi?
Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik).
149. Moliyaviy nazorat o‘z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?
Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi: • iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash porporsiyalarining optimalligi); • byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati); • korxona va tashkilotlar, byudjet- muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; • o‘zaro soliq munosabatlari.
150. Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, qanday elementlardan tashkil topadi?
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi: • bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag1- larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o‘rnatishdir; • asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi; • quyi tashkilotlarni tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlari tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; • hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari nazorat xizmatlari; • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari.
151. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: • pul fondlarining o‘lchami va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj o ‘rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko‘rsatish; • davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash; • moliyaviy resurslarni ko‘paytirishning ichki xo‘jalik imkoniyatlarini qidirib topish; • va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |