130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?
Download 64.92 Kb.
|
moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 132.. Moliyaviy bashoratlash jarayonida qanday metodlardan foydalaniladi
130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi? Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasawur etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy holatini oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy reja ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. 131. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash nimalarga ajratiladi? Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasawur etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy holatini oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy reja ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi: • o ‘rta muddatli (5—10 yillik) moliyaviy bashoratlash; • uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir b o ‘ladi. Unda jam iyatning m a’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosat konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi m a’lum bir davrda aslida mavjud bo‘lish ehtimol tutilgan moliyaviy resurslarning haqiqiy hajmi, ularni shakllantirish manbalari va foydalanish istiqbollarini aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turlituman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu m a’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy qismi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli ko‘rinishlari ishlab chiqiladi. 132.. Moliyaviy bashoratlash jarayonida qanday metodlardan foydalaniladi? Moliyaviy bashoratlash turli metodlar qo‘llanishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin: • iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda moliyaviy reja ko'rsatkichlari rivojini belgilaydigan iqtisodiy o‘lchov modelini yaratish; • korrelyasion-regression tahlil; ® bevosita ekspertli baholash metodi. Download 64.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling