130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?


Moliyaviy nazorat deganda nimani tushunasiz?


Download 64.92 Kb.
bet6/27
Sana15.03.2023
Hajmi64.92 Kb.
#1268831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
moliya

145. Moliyaviy nazorat deganda nimani tushunasiz?
Davlat moliyaviy nazorati — davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining m a’lum maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakat Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi, iqtisodiy tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog‘liq.

146. Moliyaviy nazoratning predmeti qanday moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat?
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko'rsatkichlardan iborat:
• turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; ® soliq to‘lovlarining hajmlari;
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlari;
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muomala xarajatlari;
tannarx va foyda;
• uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
» va boshqalar. Moliyaviy nazorat predmeti bo‘lgan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko'rsatkichlar jumlasiga kiradi, va bu narsa, o‘z navbatida, ular amaldagi qonuniy hujjatlarga qay darajada muvofiq, to ‘g‘ri va ishonchli ekanligini tekshirishni taqozo etadi.

147. Iqtisodiy jihatdan taraqqiv etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo‘linadi?
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, o‘zaro ta’sirchan hamda mustaqil bo‘lgan ikki sohaga bo‘linadi: • davlat moliyaviy nazorati; • davlatdan tashqari moliyaviy nazorat.
Davlat moliyaviy nazorati YalM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, to‘liq va uzliksiz tushib turishi va maqsadli foydalanish bilan bog‘liq pul resurslari harakatining barcha tarmoqlari (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng awalo, barcha darajalardagi byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Davlatdan tashqari moliyaviy nazorat ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik).


Download 64.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling