130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi?
Download 64.92 Kb.
|
moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 153. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning qanday turlari mavjud
152. Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi?
Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishga doir asosiy prinsiplarmi ishlab chiqqanki, hoziigi paytda dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati ularga rioya qilishga intiladi. Bu prinsiplar INTOSAPning Lima deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: • mustaqillik; • ob’ektivlik; • kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); • oshkoralik. Moliyaviy nazorat mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlari parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion yo‘nalishi bilan ta’minlanishi kerak. Ob’ektivlik va kom petentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tom onidan amaldagi qonunchilikka so'zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan o'rnatilgan andozalariga qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo‘lishini ko‘zda tutadi. Ала shu asosiy prinsiplardan amaliy yo‘nalish kasb etuvchi quyidagi boshqa moliyaviy nazorat prinsiplari kelib chiqishi mumkin: • natijalilik; • nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; • nazorat sub’ektlarining sotib olinmasligi; • tekshirish va taftish hujjatlarida keltirilgan m a’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; • preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiruvchanligi) ; • moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha shubhalanilayotgan shaxslarning sudgacha aybsizlik prezumpsiyasi; • turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi; • va boshqalar. 153. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning qanday turlari mavjud? Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning quyidagi turlari mavjud: • umumdavlat moliyaviy nazorati; • idoraviy moliyaviy nazorat; • xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat; • jamoatchilik moliyaviy nazorati; • mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlar tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo'ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob’ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tom onidan o‘tkaziladi. Download 64.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling