130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?
Nazorat sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning qanday shakllari bo‘lishi mumkin?
Download 64.92 Kb.
|
moliya
157. Nazorat sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning qanday shakllari bo‘lishi mumkin?
Nazorat sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo'lishi mumkin: • Prezident moliyaviy nazorati; • hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o ‘z-o ‘zini boshqarish idoralarining moliyaviy nazorati; • ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati; • moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; • firmaviy-ichki moliyaviy nazorat; » auditorlik moliyaviy nazorati; • va boshqalar. 158. Nazorat ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning qanday shakllari mavjud? Nazorat ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud: • byudjet moliyaviy nazorati; • byudjetdan tashqari fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat; • sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat; • investitsion faoliyat bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat • pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • va boshqalar. 159. Ichki va tashqi moliyaviy nazorat bir-biridan qanday farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor? 160. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning qanday metodlaridan foydalaniladi? Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi metodlaridan foydalaniladi: • tekshiruv; • tadqiq etish; • nadzor (nazorat); ® moliyaviy holat tahlili; • kuzatish (monitoring); • taftish. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujyatlari asosida moliyaviy xo‘jalik faoliyatining alohida masalalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularga barham berish choralari belgilanadi. Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg'i va energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o‘lchanadi. Shuningdek, tadqiq etish so‘rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning m a’lum bir turiga (masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan am alga oshiriladigan nazo ratn i anglatadi. U qoidalar va normativlarning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan u o‘rnatilgan holatlar ustidan nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o ‘rganishni ko‘zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo‘llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliyaxo‘jalik faoliyatini o ‘zaro bog‘langan umum iy tekshiruvidan iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob’ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilishiarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xo‘jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti m a’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Download 64.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling