Byudjet hisobi va nazorati


Download 51.87 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2023
Hajmi51.87 Kb.
#1142545
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 - kurs hisobot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI

BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” kafedrasi

BYUDJET HISOBI VA NAZORATI” TA’LIM YO’NALISHI
BO’YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT


H I S O B O T I


Bajardi: 3-kurs, BHN -50 guruhi talabasi Jumanova F.R
Rahbar: Jabborova Ch


Toshkent-2022
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………3


  1. Byudjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari…………………5

  2. Byudjet hisobi va nazoratining me’yoriy – huquqiy asoslari………………15

  3. Byudjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish nazorati amaliyoti tahlili …………………………………………………25

  4. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazorati amaliyoti tahlili………37

Xulosa…………………………………………………………………………….40
Ilovalar…………………………….……………………………………………...42

Kirish
Men, Jumanova Farangiz, malakaviy amaliyotimni 2022- yilning 30 – mayidan 2022- yilning iyuliga qadar 2 oy davomida Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligi Moliya bo’limida o’tadim.
Amaliyotni “Byutjet hisobi va nazorati” fanidan, “Byudjet hisobi va nazorati” bakalavriat ta’lim yo’nalishining 3-kurs talabalari uchun tayyorlangan “Malakaviy amaliyot dasturi”, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabridagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida olib bordim.
Tanishuv amaliyotining ilk kunlaridan boshlab bo’limning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar personali bilan tanishdim hamda bo’lim faoliyatiga oid ilk bilim va ko’nikmalarni hosil qildim. Tanishuv amaliyotning dastlabki kuni “Mahalliy byudjetlarni shakllantirish va byudjet muassasalarini moliyalashtirish” bo’limining tashkiliy tuzilishi, ish faoliyati bilan tanishishdan boshladim. Bo’lim xodimlari menga bo’limning ichki intizomi, bo’limlarning ish faoliyati va jamoat ishlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Amaliyot o’tash davomida amaliyot o’tiladigan har bir ish o’rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari bilan tanishib chiqdim.
Amaliyotni o’tash davrida tegishli “Mahalliy byudjetlarni shakllantirish va byudjet muassasalarini moliyalashtirish” bo’limi va uning hududiy bo’limlarida o’rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi va jamoat ishlarida faol qatnashdim. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qildim. Biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda ilk kasbiy ko’nikmalarni hosil qildim. Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq mazkur hisobotni tayyorladim.
Hisobot tarkibi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
̶ kirish;

̶ har bir bo’limda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan mavzular va savollar to’liq ochib berilgan amaliyot natijalari;


̶ amaliy ma’lumotlar;
̶ Mahalliy byudjetlarni shakllantirish va byudjet muassasalarini moliyalashtirish bo’limi tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;
̶ ilovalar.
̶ kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo’yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):
̶ tavsifnomalarni o’z ichiga olgan.




  1. Download 51.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling