Byudjet hisobi va nazorati


Byudjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari


Download 51.87 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi51.87 Kb.
#1142545
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 - kurs hisobot

Byudjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari

Byudjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
Moliya yiliga mo‘ljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.
Byudjet hisobi va nazorati - byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Byudjet hisobi va nazoratini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:1
1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari haqqoniyligini aniqlash;
2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‘liq va to‘g‘ri hujjatlashtirilishini aniqlash;
3. Davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini haqqoniyligini aniqlash;
4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va harakatini to‘g‘riligini aniqlash;
5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish;
6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;
7. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri umumlashtirilishi va hisobtlarni haqqoniyligini tekshirish;
8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog‘ida davlat Byudjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:
1. Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
2. Byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar oladi;
3. Byudjet tashkilotlaridan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib oladi;
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni Byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
- smeta-moliya hujjatlarini, bunda byudjet mablag‘laridan qonunchilikka va byudjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish;
- daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;
- smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida Byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida etkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Nazorat subyektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir.
Nazorat obyektlari – moliyaviy - xo‘jalik - tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir.
Byudjet hisobida nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat –smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan o‘tkazilib, byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishining oldi olinadi.
Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirilib, sodir bo‘lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag‘larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo‘lib, ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to‘g‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq.
Keyingi nazorat – bu o‘tgan davrdagi faoliyatni tekshirish bo‘lib, umumlashtirish bosqichi uchun zarur hisob va hisobot axborotlarining qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Masalan byudjet tashkiloti faoliyatini kompleks taftish qilish yoki moliyaviy audit.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha,O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan “Byudjet” axborot tizimi
majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo‘yicha tegishli muddatlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini o‘rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo‘yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-Byudjet operasiyalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quv-simulyatsiya dasturi” yaratildi.
2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi. Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan iborat edi. Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya’ni Byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir.
Byudjet tizimi funkstiyalarini avtomatlashtirish bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichlarni izchil amalga oshirish pul resurslari harakatini nazorat qilish imkoniyatini tug‘diruvchi tizimni yaratish imkonini beradi. Ular ichidan quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:
1 - bosqich. Dolzarb ma’lumotlar bilan ta’minlanish. Byudjet tizimi funkstiyalarini avtomatlashtirishda ma’lumotlar bazalarini yaratish va uni keyinchalik yangilab borishda yoki, boshqacha aytganda, xizmat ko‘rsatuvchi bank va mazkur bankdagi hisobraqamlar ro‘yxati haqidagi dolzarb ma’lumotlarni ta’minlashdan boshlash zarur.
2 - bosqich. Pul mablag‘ini hisobga olish hisobvaraqlarida qiymatlarni to‘plash. Ikkinchi qadam – tizimda operastiya kuni boshlanishi holatiga ko‘ra, pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari bo‘yicha qiymatlarni to‘plashning tashkil etilishi.
3 - bosqich. Operatsion moliyaviy rejalashtirish tizimini barpo etish. To‘lov taqvimi, ya’ni operatsion moliyaviy rejalashtirish tizimi pul mablag‘lari hisobvaraqlarida qiymatlarni to‘plash tashkiletilganidankeyin shakllanadi.
4 - bosqich. Tashqi qarz haqidagi axborotni tizimlashtirish. Operatsiya davri uchun to‘lov taqvimi ma’lumotlaridan kelib chiqib, tashqi qarzning holati va uning dinamikasi haqidagi tezkor axborot tizimlashtiriladi.
5 - bosqich. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining yaratilishi. Byudjet tizimini avtomatlashtirish tizimi yordamida tavakkalchilikning uch asosiy turi: kredit, valyuta va foiz tavakkalchiliklarini boshqarish mumkin.
Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.
Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:

  • iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;

  • iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, yer-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;

  • byudjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o‘zini o‘zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to‘liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;

  • moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo‘nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;

  • iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov intizomini mustahkamlash;

  • budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;

  • sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

  • davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidan:

  • Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi bo‘ysunuviga;

  • Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan holda ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha moliya organlari tuman va shahar bo‘linmalaridagi sho‘balar — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish jamg‘armasi tugatilsin va uning funksiyalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi zimmasiga yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida:
Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, shuningdek Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi;
Budjetdan tashqari Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.
5. Quyidagilar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 336 nafardan iborat yangi tashkiliy tuzilmasi 1-, 2-, 2a-ilovalarga* muvofiq;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, viloyat markazlari — shahar hokimliklari moliya bo‘limlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;

  • O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining hamda moliya organlari tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qo‘yilgan cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:

  • O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan birgalikda budjet mablag‘laridan, eng avvalo ijtimoiy soha muassasalarida samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish, davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar darajasida mustaqilligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Moliya vazirligi markaziy apparatining, G‘aznachilik, hududiy moliya organlari va Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hududiy boshqarmalarining bo‘shayotgan xodimlarini ish bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin;

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.




  1. Download 51.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling