Byudjet hisobi va nazorati


Byudjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish nazorati amaliyoti tahlili


Download 51.87 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2023
Hajmi51.87 Kb.
#1142545
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 - kurs hisobot

Byudjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish nazorati amaliyoti tahlili

Moliyaviy majburiyatlar — byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
Moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish4
Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek ushbu Kodeksning 122-moddasi o‘ninchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) haqini to‘lash bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy moliya yili doirasida hamda ushbu Kodeks 122-moddasining sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda hisobvaraq-faktura va o‘zaro majburiyatlarni solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Kassa xarajatlarini amalga oshirish
G‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning buyurtmalari bo‘yicha to‘lovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarni to‘lash uchun to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan byudjet tashkilotlari (byudjet mablag‘lari oluvchilar) o‘rtasidagi, budjet tizimi byudjetlarining turli darajalari o‘rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi to‘lovlar g‘azna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning chet el valyutasidagi to‘lovlari hamda pul o‘tkazmalari qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan o‘tgan moliya yilida hosil bo‘lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo‘shimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga o‘tkaziladi.
BMJ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi; 5
BMJ byudjetidan mablag‘lar oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq BMJ byudjetidan mablag‘lar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
BMJ taqsimlovchi organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq byudjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi BMJni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan organ;
vakolatli shaxs — g‘aznachilik bo‘linmasining tarkibiy bo‘linmasi, byudjet tashkiloti, byudjet mablag‘lari oluvchi, BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchi va taqsimlovchi organ rahbari yoki uni o‘rnini bosuvchi, tegishli rahbarlik vazifalari va funksiyalarini bajarish yuklatilgan shaxs;
Davlat xaridlari — byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
Davlat maqsadli jamg‘armalarini (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) taqsimlovchi organ — qonunchilik hujjatlariga muvofiq byudjet va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi DMJ boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan organ6;
Kapital qo‘yilma buyurtmachisi — byudjet tashkiloti, byudjet mablag‘lari oluvchi, DMJ va BMJ byudjetlaridan mablag‘ oluvchi va taqsimlovchi organning yagona buyurtmachi xizmati;
Mas’ul xodim — zimmasiga tegishli xizmat vazifalari va funksiyalarni bajarish yuklatilgan xodim;
Moliyaviy majburiyatlar — byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda, shuningdek BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
Buyurtmachi — byudjet tashkiloti, byudjet mablag‘lari oluvchi va BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchi;
Yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar, shuningdek BMJ byudjetidan mablag‘ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
“O‘RMV” AT — tegishli byudjetlarning budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;
G‘aznachilik amaliyot kuni — yagona g‘azna hisobvarag‘iga byudjet tizimi byudjetlarining daromadlarini qabul qilish va undan xarajatlarni to‘lab berish amaliyotlari amalga oshiriladigan vaqt7;
“UzASBO” DM — byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua. Mazkur Qoidalarning amal qilishi byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlarining g‘azna ijrosi jarayonida ishtirok etuvchi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari va buyurtmachilarga tatbiq etiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yuridik majburiyatlar, shuningdek ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng kuchga kiradi. Bunda yuridik majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun joriy moliya yilining 25-dekabridan kechiktirmay taqdim qilinadi.
Buyurtmachilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Tegishli byudjetda I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

  • oziq-ovqat va dori-darmon;

  • kommunal xizmatlar;

  • yonilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari boshqa xarajatlar. Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I guruh to‘lovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan muddatlarda to‘lanishi mumkin:8

  • pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;

  • yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nafaqalar;

  • natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;

  • yolg‘iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari.

G‘aznachilik bo‘linmalari mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari asosida to‘lovlarni amalga oshiradi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. To‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Xarajatlarni to‘lashga to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga “UzASBO” DM orqali to‘lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin.
Bunda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari o‘n kun muddatgacha amal qiladi.
Buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalaridan tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va ularga ilovalarni oladi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar ko‘chirmalarni elektron hujjat ko‘rinishida “UzASBO” DMdan oladi va elektron tarzda taqdim qilingan ko‘chirmalar buyurtmachilarga qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi.
YaG‘H bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ularning bank hisobvaraqlariga mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan Budjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomaga asosan YaG‘Hdan amalga oshiriladi.
YaG‘H orqali xizmat ko‘rsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, budjet mablag‘lari taqsimlovchilariga va hududiy moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarini tegishli hisobot davrida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari to‘g‘ri bo‘lganda ular belgilangan shakldagi shtamp qo‘yilgan holda g‘aznachilik bo‘linmalarining budjet hisobi bo‘yicha vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi.
Bunda “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining qog‘oz ko‘rinishdagi asli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va g‘aznachilik bo‘linmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Buyurtmachi rahbarining buyrug‘i bilan g‘aznachilik bo‘linmasi bilan ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan mas’ul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrug‘ining nusxasi tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim qilinadi.
Budjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va kreditlar olinishi, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga lizing shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.9
G‘aznachilik bo‘linmalari orqali to‘lovlar G‘aznachilik amaliyot kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga asosan G‘aznachilik amaliyot kuni Moliya vazirligi tomonidan faqat daromadlarning g‘azna ijrosi yoki faqat xarajatlarning g‘azna ijrosi uchun belgilanishi mumkin.
YaG‘H va boshqa g‘azna hisobvaraqlari
YaG‘H O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i hisoblanadi. Moliya vazirligi (g‘aznachilik bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi), DMJ va BMJ budjetlariga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar YaG‘Hga kirim qilinadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy budjetlari, DMJ va BMJ budjetlari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari YaG‘Hga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar sifatida aks ettiriladi.
Budjet tizimi va BMJ budjetlari xarajatlari YaG‘H yoki Moliya vazirligining (g‘aznachilik bo‘linmalarining) boshqa bank hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari;
DMJ va BMJ budjetlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi.
Debitor qarzdorlik summalari, shuningdek deponentlangan mablag‘lar YaG‘Hga:
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarining budjet mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida hamda moliya yiliga qo‘shimcha davr mobaynida;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida tegishli kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning budjet mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun “O‘RMV” ATda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha (4004 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari YaG‘Hga kirim qilinadi va:

  • budjet mablag‘lari bo‘yicha — budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning o‘tgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish bo‘yicha budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida ushbu summalarni keyinchalik tegishli budjetlarning joriy moliya yili daromadiga o‘tkazish bilan;

  • DMJ va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — DMJ va BMJ budjetlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida;

  • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha — budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi.

Joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning budjet mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli budjet daromadiga o‘tkazilishi lozim.
Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda mablag‘lar joriy oyning oxirgi ish kunida “O‘RMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda tegishli budjetlar daromadlariga o‘tkaziladi.
Budjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari bo‘yicha tushgan mablag‘lar YaG‘Hga kirim qilinadi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida keyinchalik budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi.
DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari bo‘yicha tushgan mablag‘lari YaG‘Hga kirim qilinadi va tegishli DMJ va BMJ budjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bunda DMJ yoki BMJ budjetlaridan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar tegishli budjetlar daromadiga o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘langan darsliklar ijara to‘lovlari va darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yo‘qotilganlik yoki yaroqsiz holga keltirilganlik uchun to‘lovlar bo‘yicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi “O‘RMV” ATda avtomatlashtirilgan ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek xizmat safari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi to‘lovlar uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarida mos ravishda 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan xizmat ko‘rsatuvchi banklardan g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan mazkur hisobvaraqlarda mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida olinadi. Ko‘chirmalar va ularga ilovalar tegishli banklar tomonidan elektron hujjat ko‘rinishida — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimi (tijorat banklari) va “O‘RMV” AT ma’lumotlar bazalari o‘rtasida ma’lumot almashish yo‘li bilan taqdim qilinishi mumkin.
Bunda elektron tarzda taqdim qilingan ko‘chirmalar va ularga ilovalar qog‘oz ko‘rinishida g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi.
Budjet tizimi budjetlari, shuningdek BMJ budjetlari daromadlariga kirim qilish uchun asos bo‘lmagan YaG‘Hga kelib tushgan mablag‘lar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilish imkoni bo‘lmasa, uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31-dekabridan kechiktirmasdan Yagona g‘azna hisobvarag‘idan to‘lanishi (qaytarilishi) lozim bo‘lgan aniqlanmagan tushumlar “O‘RMV” ATda avtomatlashtirilgan tarzda mablag‘lar qaysi bank hisob raqamlaridan kelib tushgan bo‘lsa shu bank hisob raqamlariga qaytariladi.
YaG‘Hdan to‘lovlarni o‘tkazish uchun “Bank-G‘aznachilik” dasturiy majmuasi orqali yuborilgan to‘lov topshiriqnomalarining asli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilmaydi va g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlanadi, bundan “UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari mustasno.
“O‘RMV” ATda daromadlar va xarajatlar yoyilmasini shakllantirish va ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va kelgusida ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish.
Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, DMJ va BMJ budjetlari hisobini yuritish uchun Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari va tuman (shahar) moliya bo‘limlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “O‘RMV” ATda quyidagilar shakllantiriladi:

  • tegishli budjetlar tasdiqlanguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida vaqtinchalik xarajatlar yoyilmalari;

  • budjetlar tasdiqlanganidan so‘ng — oylar kesimida daromadlar va xarajatlarning yillik yoyilmalari.

Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari “O‘RMV” ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
a) budjet mablag‘lari bo‘yicha:

  • xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli moliya organlarida ro‘yxatga olingan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;

  • xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli moliya organlarida ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi budjet tashkilotlarining ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni;

b) budjet tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni.
DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar “O‘RMV” ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

  • xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;

  • xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni.





  1. Download 51.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling