Davlat byudjetining g’azna ijrosi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanishuv amaliyoti hisoboti bajardi


Download 70.67 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi70.67 Kb.
#1159301
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Kudratova Nafisa.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK” FAKULTETI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
DAVLAT BYUDJETINING G’AZNA IJROSI” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOTI


HISOBOTI

Bajardi : 3-kurs DBG’I-50 guruhi
Talabasi Kudratova Nafisa
Amaliyot rahbari: k.o’q. U.Achilov

Toshkent - 2022
Reja:


Kirish
1. Byudjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari.
2. Byudjet hisobi va nazoratining me’yoriy-huquqiy asoslari.
3. Byudjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish nazorati amaliyoti tahlili.
4. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazorati amaliyoti tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar



Kirish
Men – Kudratova Nafisa Rustamovna tanishuv amaliyotini 2022-yilning 30-maydan 2022-yilning 30-iyulga qadar 2 oy davomida Buxoro viloyati bo’yicha G’aznachilik boshqarmasida o‘tadim.
Amaliyotni “G`aznachilik” , “Moliya” fanidan, “Byudjet hisobi va g`aznachilik” bakalavriat ta’lim yo’nalishining 3-kurs talabalari uchun tayyorlangan “Tanishuv amaliyot dasturi”, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabridagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida olib bordim.
Tanishuv amaliyotining ilk kunlaridan boshlab boshqarmaning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar personali bilan tanishdim hamda g’aznachilik sohasiga oid ilk bilim va ko’nikmalarni hosil qildim. G’aznachilik boshqarmasi xodimlari menga boshqarmaning ichki intizomi, bo’limlarning ish faoliyati va jamoat ishlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Amaliyot o’tash davomida amaliyot o’tiladigan har bir ish o’rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari, zamonaviy veb-texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqilgan, avtomatlashtirilgan dasturlar bilan tanishib chiqdim.
Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taalluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi.
Amaliyotni o’tash davrida tegishli g’aznachilik boshqarmasida o’rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat’iy rioya qildim va jamoat ishlarida faol qatnashdim. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qildim. Biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda ilk kasbiy ko’nikmalarni hosil qildim. Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq mazkur hisobotni tayyorladim.

Hisobot tarkibi quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • kirish;

  • har bir bo’limda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan mavzular va savollar to’liq ochib berilgan amaliyot natijalari;

  • amaliy ma’lumotlar;

  • G’aznachilik va uning hududiy bo’limlari tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;

  • kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo’yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlangan);

  • tavsifnoma va ilovalarni o’z ichiga olgan.




  1. Download 70.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling