Moliyaning mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimini boshqarish


Download 1.2 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1023656
  1   2   3

Mavzu: Moliya tizimi
Reja:
 
  • Moliyaning mohiyati va funksiyalari.
  • Moliya tizimi.
  • Moliya tizimini boshqarish.
  • Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati.
  • Moliya siyosati

Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi:
a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari;
b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari;
v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; ye) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi.
Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan.
Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi.
Shuni takidlash lozimki , hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.
Moliyaviy munosabatlar-bu iqtisodiyot subyektlarning moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari.
1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi.
- Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida).
-Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga.
- Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga.
- Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga.
- Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling