130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?


Moliyaviy nazoratning shakllarini qanday mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan?


Download 64.92 Kb.
bet9/27
Sana15.03.2023
Hajmi64.92 Kb.
#1268831
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
moliya

154. Moliyaviy nazoratning shakllarini qanday mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan?
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya etish qabul qilingan: • amalga oshirilish reglamenti; • o‘tkazilish vaqti; • *nazoratning sub’ektlari; » nazoratning ob’ektlari.

155. Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari nimalardan iborat bo'lishi mumkin?
Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: • majburiy (tashqi); • tashabbusli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya— buxgalteriya hisobotlari m a’lum otlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishi va boshqalarga tegishli bo‘lishi mumkin. T ashabbuskorli (ichki) m oliyaviy n a z o ra t m oliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.

156. О‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari o‘z ichiga nimalarni oladi?
O ‘tkazilish vaqti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • dastlabki; • joriy (operativ); • navbatdagi (kelgusi, so‘nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo'lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larning tejamsiz va samarasiz sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xarajatlarning moUyaviy jiliatdan asoslangan bo‘lishini ko‘zda tutadi. M akrodarajada bunday nazoratga misol sifatida m am lakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlami va byudjetdan tashqari fondlarning moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko‘rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo‘limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to ‘g‘risida shartnoma va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalar berish singari amaliy jarayonlar sodir bo'lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag£lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o‘ynaydi. Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya huljatlarini tahlil va taftish qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiyaning samaradorligini, moliyaviy xarajat— larni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishi singari jarayonlarni baholashga m o‘ljallangan.


Download 64.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling