130. Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?


Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan iborat?


Download 64.92 Kb.
bet16/27
Sana15.03.2023
Hajmi64.92 Kb.
#1268831
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
moliya

170. Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan iborat?
Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat turlari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek, moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tom onidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.

171. Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli xususiyatlari nimalardan tashkil topadi?
Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalar o‘zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bo‘limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tom onidan o ‘z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilm alarining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag‘lari (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishidagi samaradorlik va maqsadga muvofiqlikni kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalarni qiyoslab, tahiil qiladi, investitsion loyihalar natijalariga moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi.

172. Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat qanday xususiyatlarga ega?
Bank tizimi qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo bolishi moliyaviy nazorat sohasidagi banklarning funksiyalarini sezilarli darajada o ‘zgartiradi. Agar SSSR Davlat bankining bo‘limlari o'zlariga biriktirilgan korxonalarning butun moliyaviy faoliyatini nazorat qilgan bo'lsa, tijorat banklari esa qonunga muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat hisob-kassa operatsiyalarini yuritish va valyuta qonunchiligiga rioya etish borasida o ‘rnatilgan tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Shu bilan birgalikda likvidlikni qo'llab-quvvatlashning ob’ektiv zarurligi bankdan potensial zayom oluvchilarning, ya’ni zayom oluvchi korxonalarning moliyaviy holati va kredit olishga layoqatini baholashni talab qiladi. Ssuda berilgan taqdirda bank o‘rnatilgan muddatlarda tegishli foizlar bilan birgalikda ssudaning qaytarilish ehtimolini baholash maqsadida berilgan ssudaning ishlatilishini, mijozning to‘lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan bunday nazorat kredit riskini boshqarishdagi muhim elementi bo‘lib hisoblanadi.


Download 64.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling