133 so 'z Go'zallikta'rifi


(127 so‘z) ELNING DUOSI


Download 99 Kb.
bet11/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

(127 so‘z)

ELNING DUOSI
Qadim o‘tgan zamonda ochko‘z va xasis bir podsho o‘tgan ekan. Uning yakka-yu yagona qizi bo‘lib, u nihoyatda go‘zal, xushmuomala va oqko‘ngil ekan. Bir kuni malika qattiq betob bo‘lib qolibdi. Podshoh malika huzuriga saroydagi barcha tabiblarni olib kelibdi.

Afsuski, malikaning dardiga davo topilmabdi.

Bir kuni qasr yonidan o‘tib ketayotgan bir qariya malikaning kanizaklari yig‘isini eshitib qolibdi va u soqchilardan ruxsat so‘rab saroyga kiribdi. Malika o‘lim to‘shagida yotardi.Shunda u hammasiga tushunibdi.

Podshohning qilgan aybini qiziga aytibdi. Podshohning yoniga borib, qariya unga shunday debdi: “Podshohim, bir qoshiq qonimdan keching, malikaning bir oylik umri qolgan. Sizning qilgan gunohlaringiz uchun Ollohning jazosi shu.Agar malikaning davo topishini istasangiz, bir oy mobaynida xalqning duosini oling, shunda malika tuzalishi mumkin. Podshohim, elga mol-dunyongizdan tarqating va ortiqcha boj-to‘lov olmang. Shunda siz elning duosiga muyassar bo‘lasiz”, - debdi. Podshoh o‘ylay-o‘ylay qariyaning aytganini qilibdi.

Ko‘p o‘tmay malika tuzala boshlabdi. Podshoh o‘sha qariyani topib kelishni buyuribdi. Lekin hech kim u qariyani ko‘rmagan va u haqda hech narsa eshitmagan ekan. Uni hech kim topa olmabdi.


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling