Har narsadan aziz
Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. Bug`doy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sarg`ayib egilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan.
Bug`doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushbo`y ta`mini tasavvur etib ko`ring.U har bir kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uyg`otadi.
O`zbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bo`lsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yog`lama, kulcha, xon noni, lochira…
Ularni sanab chiqishning iloji bormikin?
Nima bo`lganda ham ajdodlarimiz asrlar bo`yi ko`zga surtib, e`zozlab kelgan nonda chindan ham g`aroyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mo`jizasi, quyoshning kichik bir ramzidir. U hech qachon ko`ngilga urmaydi, aziz-u mo`tabar ne`mat bo`lib qolaveradi.
(123 so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: |