133 so 'z Go'zallikta'rifi


Download 99 Kb.
bet9/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

AbuRayhonBeruniy
O`rtaasrningbuyukqomusiyolimiAbuRayhonBeruniy973 yiliXorazmdatug`ildi. Uboshlang`ichma'lumotnishuerdaoldi.O`shavaqtdaXorazmdafanningturlisohalaridashuhratqozonganko`plabolimlaryashagan. AbuRayhonBeruniyulardanta'limolgan.Usharqningboyfanvamadaniyatiniyaxshio`rgangan, qadimgiyunonklassikilmibilantanishib, yirikolimbo`libetishgan. U Xorazmdan ketgandan keyin, Hindistondagi Nandna qal'asida yashaydi. Hindistonda sanskrit tilini o`rganadi. Bu uning hind madaniyati, adabiyotini o`rganishiga va Hindistonning o`sha davr olimlari bilan tanishishiga, bu mamlakat haqida o`lmas asarlar yaratishga imkon beradi. Olimning «Hindiston» asarida hind adabiyoti, falsafasi, geometriya, etnografiya, din, hind yozuvchilarining turlari kabi masalalar yoritiladi.

Buyuk olim 1035-36 yillarda o`z ilmiy ishlarning ro`yxatini tuzadi.Bunda o`sha vaqtgacha yozgan asari 113 taga etganini ko`rsatadi. Keyingi asarlarini ham qo`shsa, u qoldirgan meros 152 kitobdan iborat bo`ladi.

Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan.

(140 so’z)

DO‘STGA VAFO
Do‘stlikning eng muhim sharti –vafo. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Aksincha, do‘stiga xiyonat qilgan inson xalqqa, millatga, Vatanga ham xiyonat qilmasligiga kafolat yo‘q. Haqiqiy do‘st o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan, g‘alabasidan xuddi o‘zinikidek quvonadi, muvaffaqiyatsizligidan xafa bo‘ladi, tashvish chekadi. U do‘stining xato-kamchiliklarini, noto‘g‘ri qo‘ygan qadamini yuziga aytadi. Bundan ko‘zlagan maqsadi aniq: do‘stini g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, to‘g‘ri yo‘lga solish, uni sharmandalikdan saqlab qolishdir. Bir so‘z bilan aytganda, do‘stidan ayrilib qolmaslik!

“Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib” degan naqlga binoan do‘st achchiq haqiqatni gapiradi, lekin uning mevasi shirindir. Dushman esa, sherigining xatosini ko‘rsa ham o‘zini ko‘rmaganga, sezsa ham sezmaganga oladi. Uning maqsadi bu odamning sharmanda bo‘lishi, el-u yurt ihida obro‘si to‘kilishini ko‘rish, shundan quvonishdir.

Haqiqiy do‘st topish, do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling