14- amaliy mashg’ulot (2-soat) Mavzu: To’ldruvchilarning beton xususiyatiga tasiri Reja


Download 18.24 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi18.24 Kb.
#1420745
Bog'liq
14-amaliy


14- Amaliy mashg’ulot (2-soat)
Mavzu:To’ldruvchilarning beton xususiyatiga tasiri
Reja:

    1. Dolomit asosida karboporit ishlab chiqarish texnologiyasi

    2. Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilarni qo‘llash

    3. To‘ldiruvchilar mustaxkamligi

1. Dolomit asosida karboporit ishlab chiqarish texnologiyasi
Karboporit sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchining asosiy xom ashyosi dolomit va dolomitsimon oxaktosh chiqindilari 60% ni va Darvoza konidagi bentonit gili 40% ni tashkil topgan. Ular aralashmasidan tarelkali donalagichlar yordamida donalar tayyorlanib, aylanma pechlarda 1180-12200C da 30-35 minut davomida kuydiriladi. So‘ng tayyor mahsulotlar bunkeriga uzatiladi[4].

17.1-rasm. Dolomit asosida karboporit yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar olish texnologik sxemasi
Karboporitning fizikaviy-mexanik xossalari
17.1-jadval



Ko‘rsatkich




1

Zichligi, g/sm3

2,5

2

Uyma zichligi, kg/m3

480-500

3

Donalar g‘ovakligi,%

58-60

4

Suv shimuvchanligi: %



1 soatdan keyin

30,5


48 soatdan keyin

32,5

5

Mustahkamligi, MPa

2,2-3,3


2.Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilarni qo‘llash
Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqiq tosh turlariga ajratiladi. Betondagi mayda to‘ldiruvchilar tabiiy va sun'iy qum hisoblanadi. Chaqiq toshni tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi[1].
Qurilishda aksariyat ohaktosh va granitdan olingan chaqiq toshlar ishlatiladi. Shag‘al sirti tekis va shamolda nuragan tog‘ jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli yiriklikdagi shag‘al-qum aralashmalar uchraydi. yengil betonlar uchun g‘ovakli tog‘ jinslaridan olingan tabiiy chaqiq tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko‘p hollarda mahsus sun'iy tayyorlangan to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, shlakli pemzasi va boshqalar).
Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining shamol ta'sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dala shpatli va ohaktoshlilari uchraydi. Ba'zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li bilan olinadi. Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus maqsadlardagina qo‘llaniladi.
To‘ldiruvchilar betonning 80% hajmini egallab, uning xususiyatlariga, uzoq muddatga chidamliligiga va narxiga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatadi. To‘ldiruvchilarning betonga kiritilishi bilan, betondagi eng qimmatbaho hisoblangan xomashyo – sement sarfini keskin kamayishiga erishiladi. Bundan tashqari, to‘ldiruvchilar betonning texnik xususiyatlarini yaxshilaydi. Yuqori mustahkamlikdagi to‘ldiruvchili baquvvat skelet ma'lum darajada betonning mustahkamligini va deformatsiyalanish modulini ko‘taradi – konstruksiyalarning bosim ta'sirida deformatsiyalanishini kamaytiradi, shuningdek betonning siljuvchanligini – betonga uzoq muddat bosim ostida ta'sir ko‘rsatish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qaytmas deformatsiyalardan saqlaydi.
To‘ldiruvchi betonning kirishishini oldini oladi va bu bilan uzoq muddat chidaydigan materialni olish imkonini beradi. Sement toshining qotish jarayonidagi cho‘kishi 1-2 mm/m ni tashkil etadi. Notekis cho‘kish deformatsiyalari sababli ichki zo‘riqishlar va xatto mikroyoriqlar yuzaga keladi. To‘ldiruvchi cho‘kish deformatsiyasi zo‘riqishini qabul qiladi va sement toshiga nisbatan bir necha barobar cho‘kishni kamaytiradi.
G‘ovak tabiiy va sun'iy to‘ldiruvchilar kam zichlikka ega bo‘lib, yengil betonning zichligini kamaytiradi, uning issiqlik tutuvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Maxsus betonlarda (yuqori haroratga chidamli, nurlanishdan himoyalash va boshqalar) to‘ldiruvchining ahamiyati juda katta, chunki ularning xususiyatlari asosan bunday betonlarning mahsus sifatlarini aniqlab beradi.
Silikat betonlarda to‘ldiruvchi o‘zining odatdagi tadbiqidan tashqari o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Uning donalarining sirti bog‘lovchi modda bilan ta'sirlashadi va ko‘p hollarda olinayotgan betonning xususiyatlari ularning mineralogik tarkibiga va nisbiy yuzasiga bog‘liq bo‘ladi.

Nazorat savollar:

  1. Qanday beton to‘ldiruvchilari mavjud?

  2. Uzlukli va uzluksiz tarkib nima?

  3. Qum xajmining ortishiga nisbatan bog‘liqlik?

  4. Karboporit ishlab chiqarishda qanday xomashyo materiallar ishlatiladi?

  5. Karboporit to‘ldiruvchisiga qanday texnik talablar qo‘yiladi?

Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling