14- mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari


Download 66.06 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi66.06 Kb.
#1571911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14- Mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Estetik anglash, estetik faoliyat va estetik kategoriyalar

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zluq ibn Tarxon Forobiy (873–950). Arastudan keyingi ustoz «Muallimi soniy» – «Ikkinchi muallim» nomini olgan buyuk faylasuf. Uning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning uchun uning asarlarida «Go‘zal xatti–harakatlar», «Go‘zal qilmishlar» degan iboralarni uchratish mumkin. Go‘zallikka yetishishni u falsafa tufayli ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go‘zalligi uning o‘z borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi–ichki va tashqi.
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980–1037).O‘rta asrlar nafosatshunosligida Ibn Sinoning «She’r san’ati» asari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu «Poetika»sini sharhlar ekan, o‘ziga xos yangiliklar kiritadi va she’rning keyinchalik mashhur bo‘lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «She’r deb – obrazli so‘zlardan iborat bo‘lgan ritmli, bir–biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir–biriga teng, vaznlari qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir–biriga o‘xshash satrlarga aytiladi». Uning fikriga ko‘ra, she’r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil yo‘l bilan yuzaga keladi. Birinchisi lahn – uyg‘unlik, undan keyin kalom – so‘z keladi (bunda albatta timsolli–obrazli so‘z nazarda tutiladi). Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she’r paydo bo‘ladi.
Van Vey (699|701–759|761). Xitoyda VI asrdan boshlab buddhachilikning chan mazhabi keng yoyildi. Chan (yaponchasi dzen) O‘rta asrlar Xitoy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Chan-buddhachilik san’atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom va nafosatshunos Van Veydir. U va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o‘xshatadilar va san’atning vazifasini insonni poklash, forig‘lash, qutqarishdan iborat deb biladilar.
Lyu Yuy (1611–1679). Teatr san’atining forig‘lantirish xususiyati haqida yana bir nafosatshunoslik teatr nazariyotchisi Lyu Yuyajoyib fikrlar bildiradi. U o‘zining «Bekorchining tasodifiy qaydlari» risolasida kulgililik mezoniy tushunchasiga o‘ziga xos yondashadi. Uning nazdida kulgi kishidagi har qanday niqobni ochib tashlaydi, uni ich-ichidan qiynayotgan narsadan, salbiy ehtiroslar va ishga solinmagan quvvatning ortiqchaligidan ozod qiladi.
Noo teatri. O‘rta asrlar yapon teatr san’atida Noo teatri alohida o‘rin tutadi. Noo spektakllari «alo tuyg‘uni» uyg‘otuvchi «alo vazifani» bajarishlari kerak edi. Unda hamdardlik, dahshat, shavq–hammasi go‘zallikdan lazzatlanishni alohida his etish bilan hal etiladi. Bu go‘zallik o‘zida ko‘rinishdan xunuklikni, dahshatni mujassam etishi mumkin; ular Noo teatrida o‘zlarining aksi bo‘lmish go‘zallikka aylanadilar. Buning uchun har bir sahna obrazida go‘zal bo‘la olishning yashirin imkonini topa bilish lozim. Bunday mo‘jiza faqat yuksak san’atga xos.
Dzen mazhabi. Shu o‘rinda yapon budhachiligidagi Dzen mazhabi haqida to‘htalib o‘tish joiz. Dzen (chan) XII asr oxirlarida Xitoydan kirib keldi va keng tarqaldi. Dzen ta’limotiga ko‘ra, har qanday san’at, agar u hodisalarning, moddiy dunyoning, ma’naviy mohiyatiga erishishi uchun ko‘maklashsa, u mangu haqiqat tomon o‘tadigan ko‘prikdir. Dzen estetikasi badiiy ijodda shaxs va ob’ekt orasidagi aloqani ushlab turish uchungina yetarli bo‘lgan eng kam so‘z, eng kam ifoda vositalariga asoslanadi.
Tosh bog‘lar san’ati. Butunlay yangi bo‘lgan bu san’at dzen buddhachilik ta’siri ostida vujudga keldi. Tosh bog‘larning asosiy g‘oyasi bog‘ – mikrokosm kompozitsiyasi orqali cheksiz olamni his etish tuyg‘usini berish va insonning o‘zligiga sho‘ng‘ib ketishi uchun sharoit yaratishdir. Har bir tosh bog‘ ikki asosiy unsurga ega, ular – suv va tosh. Suv tabiiy yoki qumdan iborat ramziy suv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tosh doim tabiiy tarzda qo‘llaniladi.
Ikebana.Yaponlar davlat ramzi sifatida xrizantema gulini tanlagan, o‘z qalbi tabiatini gullagan olcha timsolida ko‘radigan halq. Yaponiya alohida gulchilik, guldastalar tizimi san’ati–ikebana bilan ham mashhur. Ikebana – sirlarga to‘la yurak va qo‘llarning nozik harakatlari san’ati. Bunda muhimi –gullarning ko‘pligi-yu o‘simliklarning turli-tumanligi emas, balki har bir gulning o‘ziga xosligi, ko‘rinishining takrorlanmasligi, rangi, shakli Insonni o‘rab turgan gullardagi ranglar majmui xuddi sukunat va ohista, mayin musiqa ohangidek taranglashga asab torlarini yumshatishi lozim.
1. Inson ongli mavjudot sifatida o‘zini qurshab turgan voqelikka faol munosabatda bo‘ladi, narsalarning xossalarini, estetik jihatlarini hisobga oladi. Nafosat (estetika) qonunlariga amal qilish, ya’ni yaratish qobiliyati inson faoliyatining mohiyat va mazmunini tashkil etadi. Masalan, asalari o‘zining mum uyalarini qura bilishi bilan har kimni ham lol qoldiradi, ba’zi me’morlardan ham «aqlli»dir. Lekin eng layoqatsiz me’morning eng mohir asalaridan farqi: u uyni qurmasdan avval o‘z miyasida qurib qo‘ygan bo‘ladi. Asalari xatti-harakati tabiiy mayl asosida, inson ongli faoliyat orqali boradi. Qilmoqchi bo‘lgan ishni allaqachon o‘z miyasi, ongi, tasavvurida hayolan anglab yetgan bo‘ladi.
Insonning badiiy faoliyati – san’at voqelikni inson tomonidan estetik jihatdan idrok etilishining eng oliy ko‘rinishi.
Umuman, moddiy olamdagi barcha narsalar estetik anglash ob’ekti sanaladi. Olamda estetik bo‘lmagan narsa, xodisa, buyumning o‘zi yo‘q. Muayyan sharoitda har qanday narsa, xodisa, buyum estetik tabiatga ega bo‘lib, estetik munosabat va estetik baho ob’ektiga aylanib qolishi mumkin.

Download 66.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling