14- mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari
Download 66.06 Kb.
|
14- Mavzu. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari. Estetik anglash, estetik faoliyat va estetik kategoriyalar
2. Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Muayyan talab ehtiyoj bo‘lmasa, inson faoliyatining muayyan shakli ham vujudga kelmaydi. Shu ma’noda talab-ehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi, o‘z navbatida faoliyat ham yangi talab-ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Estetik faoliyat badiiy faoliyat, ya’ni san’atda nisbatan eng «toza», «sof» holda o‘zini namoyish etadi. San’at uning ixtisoslashgan ko‘rinishi. San’at o‘z tabiatiga ko‘ra ijodiy maqsadga qaratilgan. Ijodkor bu jarayonda nafosat qonunlariga rioya etib, ijod qiladi. Nafosatli faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalari – mehnat sharoiti, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi ob’ektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog‘liq. Hozirda inson ishlab chiqarish faoliyatida texnik estetika – dizayn tobora muhim rol o‘ynamoqda. Dizaynda muxandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi. Dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uni inson manfaat va ehtiyojlariga muvofiqlashtiradi. Sanoatda keng iste’mol mahsulotlaridan tortib, nodir dastgoh va asboblarni loyihalash, yaratish ishida turli kasb egalari – muhandis, texnolog, ishchi, iqtisodchi, boshqaruvchi, ruhshunos, jamiyatshunoslar qatnashdilar. Dizayn muallifi – musavvir – loyiha yaratuvchi alohida mavqega ega. Uning zimmasiga estetik qiymatga ega mahsulot va mehnat qurollarini yaratish burchi yuklangan. Hozir iste’molchilar estetik didi o‘sib bormoqda. Harid qilinayotgan mahsulot go‘zal va sifatli bo‘lishi talab-ehtiyoj darajasiga ko‘tarilmoqda… Ishlab chiqarish korxonalaridagi asbob-uskuna, dastgohlarning texnik-estetik jihati – dizayni ishlab chiqarish samaradorligiga ijobiy ta’sir qilmoqda… Estetik faoliyat ilmiy ijodning estetik tomoniga ham tegishli. Ilmiy tadqiqotchi, atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnat natijalari uning estetik madaniyat darajasiga bog‘liq ekan. Estetik rivojlanmaganlik, loqaydlik olim ijodiy kuch-qudratini so‘ndiradi, aqliy ravnaqiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ilm-fan bilan shug‘ullanishning o‘zigina kifoya emas, balki san’atdan lazzat olish ham olim ijodiga barakali ta’sir ko‘rsatadi. Download 66.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling