14-amaliy ish mavzu: Yordamchi o‘qitish vositalari: grafik organayzerlar Ishdan maqsad
Download 16.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-amaliy ish
14-AMALIY ISH Mavzu: Yordamchi o‘qitish vositalari: grafik organayzerlar Ishdan maqsad: Yordamchi o‘qitish vositalari: grafik organayzerlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish va berilgan topshiriqlarni bajarish Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi. Bu esa o’z ichiga quyidagi usullarni qamrab oladi: - mavzuga oid ma’lumotlarni tarkiblashtirish, o’rganilayotgan tushunchalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rnatish usul va vositalari: “Klaster”, “Toifalash jadvali”, "Insert", "B/B/B" jadvali va boshqalar; - mavzuga oid ma’lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari: "T-jadvali", "Venn diagrammasi", "Zinama-zina" va boshqalar; - mavzuga oid qo’yilgan muammoni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: “Nima uchun”, "Baliq skeleti", ''Piramida", "Nilufar guli" sxemalari, "Qanday ?", “Iyerarxik diagrammasi", "Kaskad" tarkibiy-mantikiy sxema va boshqalar. Mashg’ulotlarda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’lib, mavzuga oid ma’lumotlarni og’zaki ravishda o’zlashtirish ko’rsatkichi 10% bo’lgan sharoitda dars o’tish samarasiz bo’ladi. Darslar davomida o’quvchilarga o’quv materialni ko’rgazmali shaklda taqdim etish lozim. O’quv materialini ko’rgazmali takdim etish orqali o’qitish samaradorligi natijaviyligiga erishish mumkin. Chunki, xalqimizda bir naql bor "Ming marta eshitgandan ko’ra, bir marta ko’rgan yaxshi". Shunday ekan, yuqorida keltirilgan grafikli organayzerlardan mashg’ulotlarda foydalanishga doir tavsiyalarni ko’rib chiqamiz. Mavzular asosida darslarni tashkil qilishda "Nilufar guli" grafikli organayzeridan foydalanish bo’yicha tavsiya. "Nilufar guli" grafikli organayzeri chizmasi - muammoni yechish vositasi. O’zida nilufar guli ko’rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to’qqizta katta to’rt burchaqlar tashkil etadi va tizimli fikrlash, taxlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi. "Nilufar guli" grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari: a) o’quvchilar alohida kichiq guruhlarga ajratiladi va belgilangan tartibda o’quvchilar tomonidan chizma to’ziladi: to’rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yoziladi. Uning yechish g’oyalarini esa markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaqlarga yoziladi. Markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaqlarga yozilgan g’oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to’rt burchaqlarning markaziga yoziladi, ya’ni gulning barglariga olib chiqiladi. Shunday qilib, uning xar biri o’z navbatida yana bir muammodek ko’riladi. b) kichiq muammolarni, ularning xar biridan esa, kichiq muammoni batafsil ko’rib chiqish uchun "kichiq shoxchalarni" chiqariladi. Shunga asosan xar bir g’oyalar rivojlanishini batafsil ko’zatish mumkin. v) amaliy nuqtai nazardan barcha g’oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi. g) sizga katta qog’oz varag’i zarur bo’ladi. Doimo o’zingiz mushohadalaringiz natijasini bir varaq qog’ozda ko’rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa sizga bir varakdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi. "Nilufar guli" grafikli organayzeri chizmasini mavzu bo’yicha qo’yidagicha tartibda ishlab chiqish mumkin: Mavzuga oid "Nilufar guli" grafikli organayzeri chizmasini to’zilishi Download 16.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling