14-amaliy mashg‘ulot Ko’pjadvalli amallardan foydalanish. Ishdan maqsad
Download 209 Kb.
|
14-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesishma
- WHERE
- Join, Left Join, Right Join, Full Join, Cross Join, Natural Join
14-amaliy mashg‘ulot Ko’pjadvalli amallardan foydalanish. Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasidan ma’lumotlar olishda bir nechta jadvallarni bog’lagan savollardan foydalanish ko`nikmasiga ega bo`lish. Ishning tartibi: Ma`lumotlarni saralashda ko‘pjadvalli amallarni ishlab chiqish. Relyatsion amallarga mos bo`lgan bir nechta jadvallardan ma`lumotlar tanlab olishni ham bajarish mumkin. Buning uchun jadvallarning qaysidir atribut qiymatlari bir-biriga mutanosib bo`lishi talab etiladi. Ya`ni atributlarning nomi turlicha bo`lishi mumkin, lekin ulardagi ma`lumot turlari mos bo`lishi kerak. Qoidaga ko`ra, ma`lumotlar tanlab olinadigan jadvallar u yoki bu shaklda bir biri bilan bog`langan. Masalan, birga ko`p va x.k. Agar jadvalllar to`plam deb qaraladigan bo`lsa, umumiy holda to`plamlar ustida asosan quyidagi 3 amal bajariladi. Kesishma – ikki yoki undan ko`p turlicha bo`lgan to`plamlarning umumiy elementlarini belgilash uchun foydalaniladi. Ayirma – birinchi to`plamda mavjud, lekin ikkinchi to`plamda shu elementlar yo`q bo`lgan boshqa elementlarni tanlashda foydalaniladi Birlashma – ikki yoki undan ko`p o`xshash bo`lgan to`plamlarni birlashtirishda ishlatiladi. Bundan ko`pjadvalli so`rovlarni uch guruhga ajratish mumkin: WHERE - shartlar orqali jadvallarni bog`lash JOIN – jadvallarni gorizontal birlashtirish bo`yicha amallar UNION – so`rov natijalarini vertikal birlashtirish amallari. Endi jadvallarni o`zaro birlashtirish yoki bog`lash guruhlari bo`yicha amallarni misollar orqali ko`rib o`tiladi. Ko`pchilik holatlarda butun MBdan amaliy ahamiyatli natijalarni olishda ko`p jadvalli murakkab so`rovlarni yaratishga to`g`ri keladi. Hozirgi kunda MBBTlarida bir nachta jadvallarning mos atributlari bo`yicha o`zaro bog`lanishni ta`minlovchi standartlar mavjud. Bular zarur ma`lumotlarni turli jadvallardan olishda jadvallarni o`zaro gorizontal bog`lanishni (JOIN) ta`minlaydi. Bu yerda o`ng tomon va chap tomon jadvallar tegishli artibutlari biror shart asosida birlashtiriladi. Gorizontal bog`lanish bir nechta turga ajratiladi: Join, Left Join, Right Join, Full Join, Cross Join, Natural Join. Bizga Authors va Books jadvallari berilib bu jadvallarni vertikal birlashtirishda ularning mos AuthorID va BookID atributlari qaraladi.
Download 209 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling