14-dars mavzu: Yilning turli vaqtlarida quyoshning ufqdan balandligini aniqlash
Download 253.34 Kb. Pdf ko'rish
|
14-dars
@geografiya_test_video_slayd
14-DARS Mavzu: Yilning turli vaqtlarida quyoshning ufqdan balandligini aniqlash
Yer o'qi orbita tekisligiga og'gan. Yer o'qi orbita tekisligi bilan 66°33' li burchak hosil qiladi. ya’ni Yer o'qining og'ish burchagi 66°33'. Harakat davomida Yer o'qi ilgarilama shaklda siljiydi va orbitada to'rtta o'ziga xos nuqta hosil bo'ladi: – 21-mart va 23-sentabrda Yer o'qining qiyaligi Quyoshga yo'nalishga nisbatan neytral (90°) bo'ladi. Quyosh nurlari ekvatorga tik tushadi va ikkala yarimsharni teng yoritadi. Kun va tun uzunligi baravar bo'ladi. Qutblarda esa kun va tunning almashinishi ro'y beradi. Shuning uchun mazkur kunlar bahorgi va kuzgi tengkunlik kunlari deyiladi. – 21-iyunda Yer o'qining shimoliy qismi Quyoshga tomon enkaygan bo'ladi. Shuning uchun Quyosh nurlari ekvatorga emas, balki undan shimolroqqa tik tushadi. Bu masofa ekvator tekisligining orbita tekisligiga qiyaligiga teng, ya’ni 90°–66°33' = 23°27' Bu kuni Quyosh nurlari 23°27' shimoliy kenglikga, ya’ni shimoliy tropikka tik (90°) burchak ostida tushadi. Bu kun yozgi Quyosh turishi kuni deb ataladi. Yozgi Quyosh turishi kunida Shimoliy yarimsharning yuqori kengliklarida sutka davomida faqatgina shimoliy qutb doirasigacha bo'lgan joylar emas, balki qutb va qutb atrofi ham yoritiladi. Ammo, Janubiy yarimsharda janubiy qutb doirasigacha bo'lgan hududlar yoritiladi, xolos, janubiy qutb doirasidan janubdagi hududlar Quyosh tomonidan yoritilmaydi. – 22-dekabrda Quyosh nurlari janubiy tropikka tik tushadi. Natijada janubiy qutb doirasidan janubdagi hududlar va Janubiy qutb atrofi Quyosh tomonidan sutka davomida yoritiladi, aksincha, shimoliy qutb doirasidan shimoldagi hududlar va Shimoliy qutb atrofi yoritil maydi. Bu holat bahorgi tengkunlikkacha (21-mart) davom etadi.
Demak, Yer o'qining qiyaligi ekvatordan boshqa hamma joyda kun va tun davomiyligining turlicha bo’lishini keltirib chiqarar ekan. Download 253.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling