@geografiya_test_video_slayd
MAVZU BO’YICHA MASHQ VA MASALALAR YECHISH
1-amaliy mashg’ulot.
Toshkent 41° shimoliy kenglikda joylashgan. Shaharda 21-
mart va 23-sentabrda tush paytida Quyoshning ufqdan balandligi qancha
bo'lishini hisoblang.
Yechish: (1) formuladan foydalangan holda Toshkentda 21-mart va 23-sentabrda
tush paytida Quyoshning ufqdan balandligi qancha bo'lishini quyidagicha
aniqlash mumkin:
h = 90°– φ = 90° - 41° = 49°
Demak, 21-mart va 23-sentabrda Toshkentda tush paytida Quyoshning ufqdan
balandligi 49° ga teng bo'ladi.
Har ikkala yarimsharning ham yozida Quyosh zenit (qoq tepa) da bo'lgan davrid a
shu yarimshardagi istalgan nuqtada Quyoshning ufqdan balandligi 23°27' ga
ortadi.
Yozgi Quyosh turishi kunida ma’lum bir joyda tush paytida Quyoshning ufqdan
balandligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi
h = 90° - φ + 23°27' (2)
Do'stlaringiz bilan baham: |