14. Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish
Download 0.49 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA O‘RNIDA TARIXIY MA’LUMOTLAR
1 – eslatma eslatmaga asosan, quyidagilarga ega bo‘lamiz:
Umuman olganda, davriy kasrlarni oddiy kasrga aylantirishda quyidagi qoidalarni yodda saqlash kerak bo‘ladi. XULOSA O‘RNIDA TARIXIY MA’LUMOTLAR: Samarqandlik atoqli matematik va astronom olim G‘iyosiddin Jamshid al – Koshiy Eronning Koshon shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 1430 – yilda Samarqandda vafot etgan. Al – Koshiyni «Koshoniy» deb ham atashadi. Bizga ma’lumki, O‘rta asr olimlari fanning juda ko‘p sohalari bilan shug‘ullanishgan. Jumladan, al – Koshiy ham. O‘rta asr tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra al – Koshiy tibbiyot ilmi bilan ham shug‘ullangan. Shu sababli ham Sohibqiron Amir Temurning nabirasi, o‘sha davrda fors hokimi bo‘lgan Jamoliddin Iskandar uni o‘z saroyiga ishga taklif etadi. Al – Koshiyni keyinchalik Mirzo Ulug‘bek o‘zining «Astronomiya maktabi» ga ishga taklif etadi va al – Koshiy madrasa talabalariga astronomiya hamda matematikadan saboq bera boshlaydi, shu bilan birga Mirzo Ulug‘bekning «Astronomiya maktabi» da olib borilayotgan ilmiy ishlarda ham bevosita ishtirok etadi. Al – Koshiy «Astronomiya maktabi» da matematikaga oid dunyoga mashhur bo‘lgan bir qancha asarlarini yaratadi. Jumladan, «Hisob ilmi kaliti», «Arifmetika kaliti», «Miftah ul – hisob», «Aylana haqida risola», «Vatar va sinus haqida risola» va boshqa ko‘plab asarlari shular jumlasidandir. Al – Koshiy «Hisob ilmi kaliti» asarida o‘nli kasrga ta’rif berib, unda bajariladigan to‘rt amal va ularning xossalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shu bilan birga, bu asarda o‘nli kasrni oddiy kasrga aylantirish va aksincha, oddiy kasrni o‘nli kasr shaklida ifodalash, o‘nli kasrning masalalar yechishga tadbiqi xususida ham batafsil bayon qiladi. O‘nli kasrlar xususida fikr yuritilganda shuni alohida ta’kidlash lozimki,al – Koshiy o‘nli kasrlarning butun va kasr qismlarini turli rangdagi siyohlarda ifodalagan hamda ularni ajratib turuvchi vergul (,) o‘rniga vertikal chiziqcha ( | ) dan foydalangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR «Yosh matematik qomusiy lug‘ati» A. A’zamov 1991-yil. «Elementar matematikadan qo‘llanma» K. Muxamedov 2008-yil. «6-sinf matematika darsligi» A. Mirzaahmedov 2005-yil. «6-sinf matematika darsligi» A. Mirzaahmedov 2000-yil. MUNDARIJA 1. O‘nli kasr haqida tushuncha---------------------------------------------------------------------3-8 2. O‘nli kasrning xona birliklari----------------------------------------------------------------8-10 3. O‘nli kasrlarni taqqoslash---------------------------------------------------------------------10-12 4. O‘nli kasrlarning asosiy xossalari------------------------------------------------------12-15 5. O‘nli kasrlarni qo‘shish------------------------------------------------------------------------15-17 6. O‘nli kasrlarni ayirish----------------------------------------------------------------------------------17 7. O‘nli kasrlarni natural songa ko‘paytirish----------------------------------------------18 8. O‘nli kasrni o‘nli kasrga ko‘paytirish-----------------------------------------------18-19 9. O‘nli kasrni 10, 100, 1 000, … ga ko‘paytirish------------------------------20-22 10. O‘nli kasrni natural songa bo‘lish --------------------------------------------------22-24 11. O‘nli kasrni o‘nli kasrga bo‘lish------------------------------------------------------24-27 12. O‘nli kasrlarni taqqoslash------------------------------------------------------------------27-32 13. Oddiy kasrni o‘nli kasrga aylantirish----------------------------------------------32-36 14. Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish-------------------------------------------36-44 Subonov Shuxrat Radjabovich 1970 – yilning 16 – dekabrida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Hozirgi paytda Nishon tumanidagi 10 – umumta’lim maktabida «Matematika va informatika» fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling