14-Laboratoriya ishi
NAT xizmatini tashkil etish va uning ishlash prinsipini o‘rganish
Ishning maqsadi: NAT xizmatini tashkil etish va uni sozlash bo’yicha amaliy
ko’nikmalar hosil qilish.
Nazariy qism
Internetning jadal rivojlanishi tarmoq ilovalari sonini ko„payishiga olib
kelmoqda. Hozirgi vaqtda Internetdagi IP manzillarning eng keng tarqalgan
versiyasi IPv4 hisoblanadi. Bu bizga 4,3 milliard IP manzilni yaratish imkonini
beradi. Biroq bu katta ko’rinadigan miqdor aslida juda kam hisoblanadi. Chunki
bugungi kunda shaxsiy kompyuterlar, mobil qurilmalar
va Internetning tez
o„sishi bilan 4,3 milliard IPv4 manzili yetarli emasligi tez orada malum bo„ldi.
Uzoq muddatli yechim IPv6 edi, ammo manzillar tanqisligini bartaraf
etish
uchun tezroq yechim kerak edi. Ushbu muammoni hal qilish uchun bir nechta
usullar ishlab chiqilgan:
- Birinchi usul IPv4 manzillar ustidan nazoratni o„rnatish;
- Ikkinchi usul IPv6 tizimidan ommaviy foydalanish;
IPv6 protokoli IPv4 manzili tanqisligi muammosini hal qilishi mumkin, ammo
ko„plab tarmoq qurilmalari va ilovalari IPv4 ga asoslangan. Sinfsiz
domenlararo marshrutlash (CIDR, Classless Inter-Domain Routing) va xususiy
tarmoq manzillari kabi asosiy o„tish texnologiyalari IPv6 manzillaridan keng
foydalanishdan oldin qo„llaniladi. - Uchinchi usul NAT edi. NAT (Network
Address Translation) xususiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarga umumiy
tarmoqlarga kirish imkonini beradi. Xususiy tarmoqdagi xost umumiy tarmoqga
kirganda, NAT xostning shaxsiy IP manzilini umumiy IP manzilga o„zgatiradi.
Xususiy tarmoqdagi bir nechta xostlar bitta umumiy IP manzilni bo„lishishi
mumkin.