14 Laboratoriya ishi VL 60 elektrovozi elektr tizimini ( virtual model) tadqiq qilish Ishni bajarishdan maqsad
ULAB-UZISH VA KUCHLANISHNI ROSTLASH
Download 58.65 Kb.
|
14-Labaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- xl dan
- xl nuqtalarga ulanishga to’g’ri keladi
- a2-02 orqali o’zgartirish mumkin
- 9, 19, 29, 39 ulangan)chulg’amlarga mos bo’lishi lozim. 1 – 01 va
- 9—33, 35—37, 39, 40)
ULAB-UZISH VA KUCHLANISHNI ROSTLASH
Elektrovoz tortuv dvigatelini ulab-uzish va to’g’rilangan kuchlanishni rostlash pog’ona-pog’ona o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Tortuv dvigateli tomonlariga eng kichik kuchlanish, transformatorning rostlanadigan va rostlanmaydigan ikkilamchi yarim chulg’ami orqali amalga oshiriladi. Agar birinchi yarim davrda transformatorning yarim chulg’amidagi kuchlanish, tok xosil qilib, u rostlanmaydigan ikkilamchi yarim chulg’amining xl dan alga va rostlanadigan ikkilamchi yarim chulg’amidan 01 dan chiqishga boradi (1-rasmni qarang), xl nuqtalar 01 chiqish bilan ulansa, rostlanadigan chulg’am kuchlanishi bilan bir – biriga qarab yo’nalgan bo’ladi, natijada umumiy kuchlanish salt yurish (xolostoy xod) kuchlanishlari orasidagi farqga teng bo’ladi, bu 1051 V, rostlanadigan chulg’am kuchlanishi 1009 V, hamda ular orasidagi farq 42 V ga teng, bu esa dvigatelni ishga tushiruvchi eng kichik kuchlanish (1- pozitsiya) bo’ladi. Tortuv dvigatelining eng katta kuchlanishi rostlanadigan va rostlanmaydigan ikkilamchi yarim chulg’ami orqali, rostlanmaydigan ikkilamchi yarim chulg’ami xl nuqtalarga ulanishga to’g’ri keladi. Bu chulg’amlardagi kuchlanishning tushishi, salt yurish kuchlanishi (1-01 pozitsiyadan 33- pozitsiyagacha EKG valini olib borilganda 2060 V)ni tashkil etadi. Sektsiyalarni qadamma-qadam 1-2, 2-3, 3-4, 4-01ga o’zgartirish orqali, al-01 elka va 5-6, 6-7, 7-8 sektsilar, 8-02 elka a2-02 orqali o’zgartirish mumkin (8.3 – rasm), chulg’amlarni bir-biriga qarama-qarshi ulanganda transformator ikkilamchi chulg’amidagi va dvigatelning kuchlanishni ortishiga olib keladi. 1-01 i 5-02 chulg’amlarni to’liq o’chirilgandan so’ng, to’g’rilangan kuchlanishni oshirib borish uchun avval o’chirilgan sektsiyalarni qayta ulab borish orqali oshiriladi. Bunda bosh kontrollerning holati (kontaktorlar 9, 19, 29, 39 ulangan)chulg’amlarga mos bo’lishi lozim. 1 – 01 va 5 – 02 sektsiyalar chulg’ami EKG – 8J bosh ulab-uzgich orqali amalga oshiriladi. EKG-8J bosh ulab-uzgich 34 ta kuch kontaktori va ulardan 30 tasi yoy so’ndirishsiz (kontaktorlar 9—33, 35—37, 39, 40) va to’rttasi yoy so’ndirishli kamerali. Kuch kontaktori ulanishi diagrammasi 9—33, 35—37, 39, 40 kontaktorlar tokisiz amalga oshiriladi. Kuch tarmog’i sektsiyalari ulanishi momentida transformator chulg’ami yoy so’ndirish kamerasi orqali ulanadi. 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29 va 33-sektsiya yurish pozitsiyalari hisoblanadi. Bu pozitsiyalarda transformator yarim chulg’amlari simmetrik ulanishi, utish reaktori chiqishi a1—xl va a2—x2 nuqtalarga transformatorning rostlanadigan chulg’amlarining biriga ulanadi. Uzoq yurish vaqtida, elektrovoz yurish pozitsiyalarini o’zrartirishga to’g’ri keladi, lekin o’tish reaktori va transformatorning qizishiga olib kelmaydi. Bundan tashqari yurish pozitsiyasidagi tok pulsatsiyasi, dvigatel kommutatsiyasini, turgan xolatiga nisbatan ancha kichik. 4. Ishni bajarish tartibi. To’g’rilagichning bir fazali ko’prik sxemasi(14.2-rasm) transformatorning transfarmatsiyaoash koeffitsenti yuqoriligi bilan xarakterga ega bo’lib, bu sxema katta quvvatli hamda bir necha volt kuchlanishli qurilmalarda ishlatiladi. Transformatorning transfarmatsiyaoash koeffitsenti uning chulg’amlari soni nisbati bilan yoki chulg’amlar kuchlanishi nisbati bilan aniqlanadi. CHiqish kuchlanishining o’rtacha qiymati Vchiq – (o’zgarmas tashkil etuvchisi) to’g’rilagichning ko’prik sxemasi uchun quyidagi formula orqali ifodalanadi: V = 2V2m/ P bu erda, V2m – transformatorning to’liq ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanishning maksimal qiymati va uni quyidagi formuladan topiladi: V2m= V1m (n2/n1)= V1m/20. V1m – transformator birlamchi chulg’amidagi kuchlanishning maksimal qiymati. To’g’rilagichning ko’prik sxemasida har bir diodga tasir etuvchi teskari kuchlanish, transformator ikkilamchi chulg’amiga tushadigan kuchlanish V2m ga teng bo’ladi. Ikki yarim davrli to’g’rilagichning ko’prik sxemasidagi chiqish kuchlanishi chastotasi f quyidagi formula orqali topiladi: f= 1/T bu erda T- kuchlanishning davri. Download 58.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling