Ishning maqsadi: Odatda kolloid eritmalar dispers sistemalarning bir turi bo‘lib, biosfera faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Barcha o‘simlik va hayvonlar organizmida ular ko‘plab uchraydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda ham kolloid eritmadar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun asosiy maqsad talabalarning bu sohadagi bilimini chuqurlashtirishdir.
Kerakli asboblar va reaktivlar:probirkalar shtativi - 1 dona, probirkalar - 12 dona, byuretka - 2 dona 5 ml li, kapillyar - 1 dona, elektr plitka - 1 dona, konus shakldagi kolba - 1 dona 500 ml li, silindr - 1 dona 500 ml li.
2 % li FeCl3, Z M KCl, 0,01M K2SO4, 0,001M K4[Fe(CN)6] eritmalari, distillangan suv, filtr qog‘ozi.
Ish tartibi
Temir gidroksid zolini olish.
425 ml qaynab turgan distillangan suvga 75 ml 2 % li FeCl33 eritmasini oz-ozdan qo‘shiladi va aralashma bir necha minut davomida qaynatiladi. Olingan temir (III) gidroksid tuzilishi yuqorida ko‘rsatilgandek bo‘ladi, ya’ni:
{[mFe(OH)3]·nFeO+ • (n - x) sl-}+ • xsl
Zarrachalar zaryadi ishorasini aniqlash.
Bir bo‘lak filtr qog‘oziga tekshirilayotgan zoldan bir tomchi tomiziladi. Tomchi qog‘ozga shimilgandan keyin musbat zaryadli zol va asosli bo‘yoqlar o‘rtasida rangli, atrofida esa, rangsiz bo‘lgan aylana shaklidagi dog‘lar hosil bo‘ladi: manfiy zaryadli zollar va kislotali bo‘yoqlar ham yuzasi bir xil bo‘yalgan rangli dog‘larni hosil qiladi. Buning sababi shundaki, suvga nisbatan manfiy zaryadlangan qog‘oz musbat zaryadli zarrachalarni adsorbsiyalaydi va manfiy zaryadli zarrachalarni adsorbsiyalamaydi.
Temir (III) gidroksid zoli zarrachasining zaryadini tajriba qilib aniqlang.
Temir gidroksid zolining koagulyasiya porogi (chegarasi) ni aniqlash.
Ish uchun 3 M KCl, 0,01 M K2SO4, 0,001 M K4[Fe(CN)6] eritmalaridan va temir gidroksid zolidan foydalaniladi. Har bir elektrolit uchun 4 tadan, ja’mi 12 ta toza probirkalarga 5 ml dan temir gidroksid zoli va quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan miqdorda distillangan suv hamda elektrolit eritmalari quyiladi. So‘ngra har bir probirkadagi moddalarni yaxshilab aralashtiriladi va bir soatdan keyin qaysi probirkalarda ochiq koagulyasiya (loyqalanish) sodir bo‘lganligini jadvalga yozib qo‘yiladi.4
Do'stlaringiz bilan baham: |