14-laboratoriya Mavzu: Hisoblash jarayonlariga algoritm tuzish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarini bajarish


Download 15.16 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi15.16 Kb.
#1229613
Bog'liq
14-laboratoriya


14-laboratoriya
Mavzu: Hisoblash jarayonlariga algoritm tuzish bo‘yicha laboratoriya topshiriqlarini bajarish


Ishdan maqsad:Talabalarni algoritm turlari, xossalari va berilish usullri bilan tanishtirish.Masalalarga blok sxemalar tuzish.
Topshiriqni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar
Algoritm so‘zi IX asrda yashab ijod etgan buyuk vatandoshimiz Mahammad al-Xorazmiy nomining lotincha shaklidan olingan. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan «Dixit Algoritmi» nomli asarida har qanday masalani ketma-ket echish orqali natijaga erishish qonun-qoidalarini ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq tizimining tamoyillari va unda turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi.
Algoritm deganda biror masalani echish uchun berilgan aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi tushuniladi.
Ixtiyoriy masalani tez va aniq echish uchun turli xil belgilashlar, ko‘rsamalardan foydalanib echish ketma-ketligi tuzib chiqiladi bu jarayon algoritmning yaratilishiga olib keladi. Har qanday ishni bajarish yoki har qanday muammoni hal qilish uchun algoritm tuzilsa natija ijobiy bo‘lishi kuzatiladi.
Algoritm tuzish jarayoni algoritmlash deyiladi. Algoritmlash vaqtida algoritmlarning quyidagi xossalarini e’tiborga olish zurur:
Aniqlik (tushunarlilik) xossasi – algoritmning har bir ko‘rsatmasi bajaruvchi uchun aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Ommaviylik xossasi – algoritmdagi berilgan ko‘rsatmalar barcha uchun bir xil bo‘lishi, berilgan ko‘rsatmalar har qanday masalani echish uchun qo‘llaniladigan umumiy qonun-qoidalardan chetga chiqmasligi kerak.
Diskretlik xossasi – algoritmda berilayotgan ko‘rsatmalar chekli qadamlardan iborat bo‘lishi zarur. Har bir berilayotgan ko‘rsatmalar bo‘laklangan alohida qismlardan iborat bo‘lishi va har biri alohida ma’noga ega bo‘lishi kerak.
Natijaviylik xossasi – tuzilayotgan har bir algoritmda berilgan masalaning natijasi qanday ko‘rinishda chiqarilishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Algoritmlarning berilishi yoki ularni tasvirlash usullari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

        • Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi.

        • Algoritmning formulalar yordamida berilishi.

        • Algoritmning jadval ko‘rinishida berilishi.

        • Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi.

        • Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.

        • Algoritmning grafik (geometrik sxemalar) shaklida tasvirlanishi

Download 15.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling