14 ma'ruza: Don mahsulotlarni iste’molchilarga yuborish, ularning miqdorini va sifatini hisobi
Download 37.09 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-maruza; Don mahsulotlarni iste’molchilarga yuborish, ularning miqdorini va
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI 14 - ma'ruza: Don mahsulotlarni iste’molchilarga yuborish, ularning miqdorini va sifatini hisobi. Reja: 1. Don mahsulotlarini iste’molchilarga yuborishda miqdor va sifatini hisoblashning ahamiyati. 2. Don va uni qayta ishlash mahsulotlarini jo‘natishda to‘ldiriladigan xujjatlar va ularni rasmiylashtirish. Tayyorlov tizimi korxonalarida bo'lgan barcha don va uni qayta ishlash mahsulotlari hamda urug'larni jamoa xo'jaliklaridan qabul qilib olish yoki ushbu tizimning boshqa korxonalaridan kelib tushishidan boshlab to iste’molchilarga yuborilguncha bo'lgan davrda mahsulotlar hisobga olinadi. Don mahsulotlarini iste’molchilarga yuborish ular bilan ishlashning so'nggi bosqichini tashkil qiladi. Vaholanki, u tashkiliy va texnologik tadbirlardan iborat. Tashkiliy tadbirlar barcha tegishli qoidalarga rioya qilgan holda korxonadan don mahsulotlarini berish va yuklash bo'yicha ishlarni ratsional o'tkazishdan hamda don mahsulotlarini uzatishni zaruriy xujjatlar bilan rasmiylashtirishdan iborat. Don turkumlarini xalq xo'jaligida to'g'ri qo'llash muhim ahamiyatga ega. Buni amalga oshirish ba’zan donlarni yuborish bo'yicha barcha operatsiyalar texnologik tadbirlardan, ya’ni alohida don turkumlarini tuzishdan va ularga ishlov berishdan boshlanadi. Bunda ularning sifati talab etiladigan kondinsiyagacha yetkaziladi. Shundagina yuboriladigan mahsulotlar turkumlariga belgilangan shaklda guvohnoma beriladi. Xar bir korxonada don mahsulotlari miqdori va sifatini yaxshi yo'lga qo'yish - ishning zaruriy shartidir. Bu hisobning murakkabligi shundan iboratki, saqlash paytida don mahsulotlarining massasi kam, sifati kam o'zgaradi. Misol uchun, namlik o'zgarganda (saqlash uchun solinganda) turkum massasi kam o'zgaradi. Shu bois don qabul qilish korxonalarida miqdoriy-sifat hisobi tizimi amal qilmoqda. U don mahsulotlari hisobi buyicha maxsus yo'riqnomada o'z ifodasini topgan. Hozirda BDITI tomonidan ishlab chiqilgan don mahsulotlari hisobining yangi tizimi tajriba tariqasida tadbiq qilinmoqda. Korxonalar va, umuman tayyorlov tizimi bo'yicha don mahsulotlari mavjudligini aniqlash uchun qoldiqlar o'lchanib, inventarizatsiya o'tkaziladi. Don mahsulotlarini saqlash paytida quruq moddalar massasining yo'qotilishi va hisobga olinmagan changish sodir bo'ladi, shu bois tabiiy yo'qotilish me’yorlari belgilangan. 83-jadvalda keltirilgan me’yorlar laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida o'tkazilgan tajriba materiallari asosida tuzilgan. Agar korxonada saqlanayotgan don mahsulotlarining amaldagi mavjudligi inventarizatsiyasi yoki tekshirish paytida ularning massasi kamayganligi aniqlansayu, bu ularning sifati o'zgarishiga olib kelmasa, ushbu me’yorlar nazorat va chegaraviy me’yorlar sifatida qo'llaniladi. Agar mahsulotlar uch oygacha saqlansa, tabiiy yo'qotish me’yorlari amalda saqlangan kunlar soni hisobidan bo'ladi. Mahsulot turkumlari bir yildan ortiq saqlanganda, saqlashning har bir keyingi yili uchun tabiiy yo'qotish me’yori 0,04% ni yoki oylar soniga mos miqdorni tashkil qiladi. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, don mahsulotlari ilmiy asoslarda saqlanayotgan va massa hamda sifat yo'qotishlarni oldini oluvchi texnologik va tashkiliy chora-tadbirlar o'z vaqtida qabul qilinayotgan barcha korxonalarda bu yo'qotishlar minimal miqdorda bo'ladi. Don mahsulotlarini tashish paytidagi yo'qotishlar me’yorlari ham aniqlangan. Temir yo'l va suv orqali tashilganda tabiiy yo'qotish 1000 km gacha bo'lgan masofada - 0,10 % dan, 1000 km dan 2000 km gacha masofada - 0,15 % dan va 2000 km dan ortiq masofada - 102 % dan oshmasligi kerak. Kepaklar va chiqindilar sochilgan holda (uyumlarda) tashilganda bu me’yor 0,27 % ni, taralarda tashilganda - 0,18 % ni tashkil qiladi. Avtomobillarda tashish paytidagi yo'qotishlarning me’yorlari ham aniqlangan (0,09 % - sochilgan holda, 0,07 % - taralarda tashilganda). Don qabul qilish korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish - texnologik laboratoriya (ICHTL) zimmasiga asosiy vazifa yuklanadi. Laboratoriya korxonaga kelib tushadigan (qabul qilinadigan) va korxonadan yuboriladigan don mahsulotlari sifatini aniqlaydi, mahsulotlarning omborxonalar bo'yicha to'g'ri joylashtirilganligini va ularning saqlash paytidagi holatini nazorat qiladi, don sifatini oshirishning texnologik jarayonlarini (quritish, tozalash, zararsizlantirish va h.k.) nazorat qiladi, korxonadagi barcha ob'yektlarning va don mahsulotlari yuklanadigan barcha transport vositalarining sanitariya holatini kuzatadi va h.k. Download 37.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling