Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: tugʻilgandan uch oygacha (0–3 oygacha)
Download 91.42 Kb.
|
Ijtimoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhan yaqinlikning ahamiyati
- Australian Article Off Cover Image Image ©UNICEF Srbija/Szabo Keywords
- References and comments
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: tugʻilgandan uch oygacha (0–3 oygacha) Submitted by useradmin on Thu, 08/12/2021 - 21:27 Jisman yaqinlikning ahamiyati Bolaga yaqin boʻling. Bolaning yonida boʻlganingizda u sizni yanada kuchli his qilishiga va hissiyotlari bilan sizni kashf etishiga yordam berasiz. Keyin u sizning yuzingizni koʻradi, ovozingizni eshitadi, hidlar va siypalashlarni his etadi. Bola sizni taniy va izlay boshlaydi. U siz bilan oʻzini xavfsiz his etadi. Farzandingiz uygʻoqligida, dam olganda va kayfiyati yaxshi boʻlganda sizni kuzatishni xohlaydi. Oʻsha fursatdan foydalaning. Bolaning xatti-harakatlarini va tashqi muhitga munosabatini kuzating. Tabassumingiz farzandingizni jilmayishga undaydi. Lablaringizning harakati va ovozingiz sabab farzandingiz ham lablarini harakatga keltirishga va ovoz chiqarishga urinadi. Siypalashingiz esa hayajonlangan bolani tinchlantiradi. Ruhan yaqinlikning ahamiyati Farzandingizga ismini aytib murojaat qiling, u bilan gaplashing va qoʻshiq ayting. Bolangiz harakatlaringizdan mehringizni his qilishiga yordam bering. Muloyim boʻling. Bolangizning harakatlariga qarab nima his qilayotgani va nimani istayotganini aniqlab oling. Farzandingiz yuzida tabassum payqadingizmi, bilingki, u doim sizga atalgan. Bolaning yigʻlashi – siz uchun belgi. Siz nima qilayotganingiz haqida ayting, farzandingizga shu yerda ekaningizni koʻrsating. Baʼzan farzandingizda muloqot qilishga xohish boʻlmaydi, ehtimol, u boshini boshqa tomonga burib olar yoki yigʻlar. Xavotir olmang, u ozgina dam olishi kerak. Sabrli boʻling, bola yana jilmayib boqadi. Australian Article Off Cover Image Image ©UNICEF Srbija/Szabo Keywords ijtimoiy-hissiy rivojlanish bolaning rivojlanishi stimullash/undash Category Sezgir tarbiya va g'amxo'rlik Child Age 1-oy 2-oy 3-4-oylar Child Gender Ikkalasi Parent Gender Ikkalasi References and comments Reference: https://www.zerotothree.org/resources/series/developing-social-emotional-skills#developing-social-emotional-skills-from-birth-to-three https://raisingchildren.net.au/newborns/development/understanding-development/relationships-development Baucal, A. Standardi za razvoj I učenje dece ranih uzrasta u Srbiji, Beograd 2012 Download 91.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling