14-ma’ruza: Korxonaning narx strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish Ma’ruza rejasi


Download 46.42 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi46.42 Kb.
#1238300
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 4 soatga

3. Narx strategiyalari

Narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi tushuniladi. Ma’lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir korxona, dastavval, narxlarni aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab etiladi. Ana shularga amal qilsagina korxona o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin bo‘ladi. Quyidagi narx belgilash sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan strategiyalarning ba’zi birlari bilan tanishamiz.


Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi. Bu strategiyani korxona faoliyatining rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilik holllarda rentabellik (fondlarga nisbatan) 10-15 foizni tashkil etsa, bu korxona qoniqarli faoliyat ko‘rsatayotgan korxona deb hisoblanadi.
Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi. Narx belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va korxonaning takror ishlab chiqarish, shuningdek, investitsion imkoniyatlarini ham kengaytirishdan iboratdir.
Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda harakat qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan yetakchi bo‘lgan korxonalarning ta’sirida bo‘ladi. Demak, bu yerda korxona narxlashtirishning yetakchi orqasidan yurish strategiyasini qo‘llashi foydadan holi emas. Albatta, yetakchi vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi.
«Qaymog‘ini olish» strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yangi tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega ekanligini ajratib ko‘rsata olsa, shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini ta’minlasa, unda bu korxona raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma’lum erkinliklarga ega bo‘ladi. Natijada, korxona o‘z tovarlariga yuqori darajadagi narxni belgilaydi. Bu strategiya, ko‘pchilik holda, korxona yangi tovar ishlab chiqarish va bu tovarni bozorga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarini iloji boricha tezroq qoplash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
«Yorib o‘tish» strategiyasi. Bu strategiya ko‘pincha ishlab chiqarish texnologiyasi juda oddiy va ommabop iste’molga mo‘ljallangan yangi mahsulotni bozorga kiritishda qo‘llaniladi. Bunda tovar bozorga juda past narxda chiqariladi, bozorni egallashi bilan normal darajaga qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona raqobatchilarga nisbatan katta hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
«Kirib borish» strategiyasi. Bu strategiya past narxlar orqali yangi bozorga tez kirib borish uchun ishlatiladi. Mazkur strategiya talabning yuqori elastikligi vaziyatida yuqori samara beradi.
«Batamom foydalanish» strategiyasi. Bu strategiyaning asl mohiyati, yangi tovarlarni bozorga kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo‘lganda ularga juda yuqori narx belgilashdan iboratdir. So‘ngra bu narx bozorning va raqobatchilarning o‘sishi bilan kamayib boradi.
«Korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan narx» strategiyasi. Korxona narxlashtirishda bu strategiyani qo‘llash uchun mamlakatning ichki va tashqi bozorida narxlashtirishning xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Shularni o‘rganib aniq bozor sharoitlariga bog‘liq holda o‘ziga xos narx siyosatini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Umuman olganda, korxona o‘z imkoniyatlaridan va maqsadlaridan kelib chiqib yuqorida keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.



Download 46.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling