14.7-rasm. Frame Relay tarmog‘idagi xizmat kо‘rsatishga misol.
Xizmat kо‘rsatishning sifat kо‘rsatgichlari virtual kanallarning turli yо‘nalishlariga bir xil bо‘lishi mumkin. Rasmda 1 abonent 2 abonent bilan 136 belgili virtual kanal orqali ulangan. 1 abonentdan 2 abonentga yо‘nalishda kanal о‘rtacha 128 Kbit/s tezlikka Vc=256 Kbit (T oralig‘i 1s tashkil etadi) va Ve = 64 Kbit tebranish bilan ega. Kadrlarni teskari yо‘nalishga uzatishda esa о‘rtacha tezlik 256 Kbit/s ga Vs = 512 Kbit va Ve = 128 Kbit tebranish bilan yetishi mumkun.
Frame Relay texnologiyasi aloqa operatorlarining tarmoqlarida 90 yillarda soddaligi va mijozga ulanishlarning о‘tqazish imkoniyatini kafolatlash mumkunligi uchun keng tarqalgan edi. Shunga qaramay oxirgi yillarda Frame Relay xizmatlarining ommaviyligi keskin pasaydi, asosan bu MPLS texnologiyasining paydo bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘ldi, u xuddi Frame Relay dagidek virtual kanallar texnikasiga asoslangan va foydalanuvchilarning ulanishlarini о‘tish imkoniyatini kafolatlashi mumkin. MPLS texnologiyasining hal qiluvchi avzalligi bu uning IP texnologiyasi bilan yaqin bog‘lanishidir, buning natijasida provayderlarga yangi aralash xizmatlarni oson hosil qilish mumkin. Undan tashqari, bugungi kunda MPLS ning vazifalarini barcha о‘rta va yuqori sinif marshrutizatorlari tomonidan quvvatlanadi, MPLS ning qо‘llanishi uchun tarmoqda alohida kommutatorlarni о‘rnatilishi talab etilmaydi.
3. ATM texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |