MPLS TE. Bu xolda yо‘lni belgilar bо‘yicha kommutatsiyalash marshrutlashni rivojlantirilgan protokollari OSPF va IS-IS asosida trafik injenering (Traffic Engineering, TE) masalasini yechish uchun ishlatiladi. Bu protokollarda о‘lchov sifatida zaxiralashga yetarli aloqa yо‘lining о‘tqazish imkoniyati ishlatiladi. Bu ish tartibini ishlatish uchun LSR yangi yо‘lini о‘tkazishdagi har bir sо‘rovda shu yо‘lga zaxiralash uchun zarur bо‘lgan о‘tkazish imkoniyatini kо‘rsatish kerak bо‘ladi. MPLS TE texnikasi nafaqat tarmoqning barcha resurslarini ratsional va muvozanatlashtirilgan yuklanishini ta’minlab qolmay, lekin yana QoS kafolatlangan kо‘rsatgichlar bilan transport xizmatlarini havola qilish uchun yaxshi asos ham yaratadi. CSPE protokoli tanlagan yо‘lni hosil qilish uchun RSVP TE protokoli xizmat qiladi. Yana shuningdek yо‘l tanlashni tashqi optimal rejalashtirish tizimi yoki tо‘liq qо‘l yordamida amalga oshirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |