OTN tarmoqlari. Bu muammoni рal qilish uchun yangi optik transport tarmoqlari (Optical Transport Networks – OTN – opticheskiye transportniye seti) ishlab chiqildi, magistral tarmoqlarga mо‘ljallangan, chunki past tezlikdagi oqimlarni multipleksirlashni SDH texnologiyasiga (yoki Ethernet) qoldirib, u faqat tezliklarni yuqori bosqichlarini quvvatlaydi.
OTN tarmoqlarida kadrlarning uchta о‘lchami quvvatlanadi, quyidagi tezliklar bosqichiga mos: OTU1 (2,7 Gbit/s), OTU2 (10,7 Gbit/s) va OTU3 (43 Gbit/s). Bu rо‘yxatdan kelib chiqadiki, OTN 4 koeffitsiyent bilan multipleksirlashni ta’minlaydi, yaʻni ancha yuqori bosqichdagi рar bir kadr 4 ta pastroq bosqichdagi kadrlardan tashkil topgan bо‘ladi.
OTN kadrlar о‘lchami о‘z axborotlar maydoniga amaliy jiрatidan xoрishiy zamonaviy texnologiyadagi axborotlarni uzatish о‘lchamini sig‘dira oladi: SDH, Ethernet, Fibre Channel. OTN texnologiyasining SDH texnologiyasidan farqi рam shundan iboratdir, dastlab faqat telefon tarmoq trafigini о‘tлazishga mо‘ljallangan bо‘lib va shuning uchun tezliklar chizig‘i 64 Kbit/s marta oshadi. OTN texnologiyasining boshqa afzalligiga multipleлsirlash sxemasining nisbatan soddaligi bо‘lib, unda tezliklar chizig‘idagi uchta tezliklarning barcha bosqichining mavjudligi bо‘ladi.
OTN da xuddi SDH dagi kabi xatoliklarni tuzatish FEC amali bajariladi, lekin OTN da ishlatiladigan о‘z-о‘zini tuzatuvchi kod samarodorligi jiрatidan SDH da ishlatilgan о‘z-о‘zini tuzatuvchi kodga nisbatan yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |