MPLS sarlavhasi va kanal bosqichidagi texnologiyalar. MPLS sarlavhasi bir necha maydonlardan tashkil topgan (14.13-rasm).
Belgi (20 bit) belgilar bо‘yicha mos ulanish yо‘lini tanlash uchun xizmat qiladi.
Hayot vaqti (TTL). Bu maydon 8 bitli bо‘lib, IP paketning bir xil maydonini takrorlaydi. Bu LSR qurilmasi “adashgan” paketni IP sarlavhasiga murojat etmasdan faqat MPLS sarlavhasidagi axborotga asosan tashlab yuborishi mumkun bо‘lishi uchun kerak.
Xizmatning sinfi (Class of Service, CoS). CoS maydoni 3 bitni egallaydi, dastlab texnologiya rivojlanganda kerak bо‘lishi uchun zaxiraga tashlab ketilgan edi, lekin sо‘ngi vaqtlarda asosan QoS ma’lum kо‘rsatgichini talab etuvchi trafik sinfini kо‘rsatish uchun ishlatilmoqda.
Belgi stekining tagini kо‘rsatuvchi ishora - S (1 bit).
Do'stlaringiz bilan baham: |