14-ma’ruza: Neftgaz tarmog‘ida toza taraqqiyot mexanizmi (ttm)dan foydalanishning strategik maqsadlari. Reja
Download 6.76 Kb.
|
Neft gaz tarmog‘ida toza taraqqiyot mexanizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0.4-2.0 MPa
- 71,145 ming t/yil
- 5.691.600 AQSh dollari
- 19.300.000 AQSh
Toza taraqqiyot mexanizmidan foydalanish konsepsiyasi: - Tarmoq faoliyatini yо‘nalishlari bо‘yicha MCHJning potensial imkoniyatlaridan foydalanishni ro’yxatini tuzish. - MCHJ loyihalarini tasdiqlangan loyiha asosida amalga oshirish. - Toza rivojlantirish mexanizmining pilot obyektini tarmoq faoliyatining har xil talablariga mos ravishda tasdiqlangan metodologiya asosida tanlash va ishlatish amalga oshirish. - Toza rivojlantirish mexanizmini(TRM) ishlab chiqarishga qо‘shish va metodologik tarmoqlar bо‘yicha mutaxassislarni tayyorlash. TRMning metodologiyasini qо‘llash va ishlatish bо‘yicha yetakchi kompaniyalar va halqaro tashkilot. - Mavjud texnologiyalar asosida kichik konlardan neftni yig‘ish va tayyorlash, yо‘ldosh gazlar esa mash’alaga berilib yoqiladi.Toza taraqqiyot mexanizmi loyihasida neftni yig‘ishni yopiq tizimiga о‘tib, past bosimli (0.4-2.0 MPa) gazlar bir nuqtaga yig‘iladi va gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga uzatiladi. Toza taraqqiyot rivojlantirish loyihasi bо‘yicha 268 ming m3/kun hajmdagi yо‘ldosh gazlarni zararsizlantirish, shundan 262,6 ming m3/kun hajmidagi gaz esa Shо‘rtandagi GKTQ uzatiladi va qaytadan foydalaniladi. Yopiq tizimga о‘tish kompressor agregatlarini, gaz uzatmalarini biriktirishni, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun gaz turbinali jihozlarni qurilmalarini qurishni talab qiladi. Past bosimli gaz konlaridan gazni yig‘ish va foydalanishga qaytadan tiklash uchun quvurlar, quvurlarning armaturalari, ikki pog‘onali kompressor stansiyasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun GTS-larni qurish talab qilinadi.Bunday texnologiyani yaratishning metodologiyasi amalda mavjud. Umid, Kruk, G‘arbiy Kruk, Sarikum va Yangi Darboza konlarida qо‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy kо‘rsatgichlar. CO2 ni kamayishini kutilishi–71,145 ming t/yil; Loyihaning umumiy bahosi–17.450.000 AQSH dollarida; Shundan: -kapital qо‘yilmalar–4.500.000 AQSh dollari; -davriy va 14 yil davomida ishlatish uchun ketadigan xarajatlar-12.500.000.Moliyaviy tahlili: mash’alaga beriladigan gazlarni 10 yil davomida utilizatsiya qilish natijasida olinadigan gazning ichki bozordagi narxi 5.691.600 AQSh dollari, umumiy xarajatlar 17.450.000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Tijoratni taraqqiyot mexanizmini qо‘llamasdan bu loyihani amalga oshirib bо‘lmaydi. TTMni xarajatlarini qoplash muddati 4 yilni tashkil qiladi. Arniyoz, Marjon, Yangi Pomuq va Markaziy Pomuq konlarida qо‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy kо‘rsatgichlar. CO2 ni kamayishini kо‘tilishi–368200 t/yil; Loyihaning umumiy bahosi–19.300.000 AQSh dollarida; Shundan: -kapital qо‘yilmalar–5.800.000 AQSh dollari; -davriy va 14 yil davomida ishlatish uchun ketadigan xarajatlar-5.200.000 AQSh dollari.Mash’alaga beriladigan gazlarni 10 yil davomida utilizatsiya qilish natijasida olinadigan gazning ichki bozordagi narxi 3.000.000 AQSh dollari, umumiy xarajatlar 19.300.000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Tijoratni taraqqiyot mexanizmini qо‘llamasdan bu loyihani amalga oshirib bо‘lmaydi. TTMni xarajatlarini qoplash muddati 13 yilni tashkil qiladi. Termik kreking jarayonida katta miqdordagi olifenlar olinadi. Katalitik jarayonda tarkibidagi katta miqdordagi izobutanlar, piroliz jarayonida esa kо‘p miqdorda etilen va vodorod olinadi.Gazni fraksiyalarga ajratish qurilmalarida neftning tarkibidan zavodlarda ajratib olinadigan gazning komponentlariga–gaz, propan–propilen, butan–butilen fraksiyalari kiradi. Shuning uchun suyultirilgan neft gazining tarkibi ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bо‘ladi. Yо‘ldosh gazlar gazni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanganda chegaraviy uglevodorodlarga (propan-butan) ega bо‘ladi va eng sо‘nggi holatda chegaraviy uglevodorodning (propan–butan) kichik bо‘lgan miqdoriga ega bо‘ladi.Kondensatsiyalangan fraksiya bosh fraksiyalash kolonnasidan eng yuqori qaynash nuqtasiga chiqadi va qaynash haroratiga bog‘liq bо‘ladi: yengil dastlabki distillyat (-100oC), dastlabki og‘ir distillyat (50-200oC), aviatsiya va maishiy kerosin (150-360oC), tarkibida temir yо‘l va dengiz dizel yoqilg‘isining о‘rtacha distillyatlari (oraliq haroratda), gazoyl (175-360oC). Bulardan ba’zilari kiruvchi mahsulot hisoblanadi va suyultirilgan neft gazining chiqishini kuchaytiradi.Agar STG (suyultirilgan tabiiy gaz) ni ishlab chiqarishdagi yirik tonnajli qurilmalar tashqi bozorga suyultirilgan gazni yetkazib berishda qо‘llanilsa (eksportga yetkazib beriladi), ichki bozorda esa kichik tonnajli ishlab chiqarish asosan quyidagi maqsadlarda qо‘llaniladi: -aholi punktlari gaz bilan ta’minlashda avtonom va sonoat obyektlariga STGni ishlab chiqarish zavodi olib kelinadi va alohida avtotsisternalar va konteyner transport vositalari о‘rnatiladi; -transport vositalarida va gazelektr generatorilarida motor yonilg‘isi sifatida STGdan foydalanish;Download 6.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling