14-Maruza: O‘simliklarni himoyalash mashinalarining asosiy va yordamchi qismlari tuzilishi, texnologik ish jarayoni va sozlanishlari


Download 480.14 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi480.14 Kb.
#1470859
1   2   3   4
Bog'liq
14-Maruza...

Parchalovchi uchliklar (forsunkalar) purkash mashinasining eng muhim qismidir, chunki butun mashinaning ishini baholash uning ish sifati bilan bog’liq. Ishlash prinsipi bo‘yicha uchliklar markazdan qochirma, deflektorli, pnevmatik va aylanuvchan guruhlarga bo‘linadi.

172- rasm.Suyuqlikni parchalovchi uchliklar sxemasi:
a-dalabop; b - tangensial; 1 - korpus; b -vintsimon o‘zak; 3 - qalpoq; 4 - girdoblash kamerasi; suyuqlik naychasi; 6 - almashuvchan disk; 7 - diafragma.
Markazdan qochirma uchliklar suyuqlikni parchalashdan oldin, uni katta tezlikda aylanma harakatga keltiradi, chunki aylanayotgan eritma uchlik ko‘zidan chiqayotib, zarrachalarning keng, konussimon ko‘rishidagi turbulent oqimini hosil qiladi. Ular keng tarqalgan bo‘lib, bir nechta turlarga bo‘linadi:dalabop, bog’bop, tangensial, markazdan qochirma va boshqalar.
Dalabop uchlik (172- a rasm) korpus 1, vintsimon o‘zak 2 va qalpoq 3 lardan iborat. O‘zak 2, qalpoq 3 ning ichiga zich kiritilgan bo‘lsa, qalpoq korpus 1 ga rezba orqali kiydirilgan. O‘zakning vintsimon kanal yasalgan qismi bilan qalpoq orasidagi girdoblash kamera bo‘shlig'i 4 qoldiriladi. Bu uchlik kam bosim (0,3 - 0,8 MPa) ostida ishlab, parchalangan zarrachalarni 1-2 m uzoqlikka burchakli purkash konusi shaklidagi pardaga o‘xshatib purkaydi, zarrachalar oqimi vint bo‘yicha turbulent harakatga keladi. Natijada barglarning ost tomoniga ham ishlov beriladi.
Dalabop uchlikning tejamkor turi ham bor, uning o‘zagidagi vintsimon kanalning qadami kichik bo‘lib, girdob shiddatliroq, parchalanish esa maydaroq bo‘ladi. Natijada, ishlatilayotgan suyuqlik sarfi 3-4 marotaba kamayadi, lekin uchlikning kо’zi tez tiqilib qolishi mumkin. Shu sababli, ularga yuboriladigan suyuqlik filtrda sifatli suziladi va tozalanadi.
Bog’bop uchlik 2,0-2,5 MPa bosim ostida ishlab, parchalangan eritmani 4 -5 m uzoqlikka sochadi. Bog’bop uchlikning dalabop uchlikdan farqi, girdoblash kamerasining kengligini sharoitga qarab sozlash imkoni borligidadir. Agar o‘zakni burab, qalpoqdan birmuncha uzoqlashtirilsa, girdob kamerasi kengayib, qalpoq ko‘zidan otilib chiqayotgan zarrachalar yiriklashadi va uzoqroqqa otiladi. Aksincha, o‘zak qalpoqqa yaqinlashtirilsa, parchalanish darajasi yaxshilanib, zarrachalar disperslik chegaralari torayib, purkash konusi kengayadi va yaqinroq joyga ishlov berishning iloji tug’iladi, ishchi suyuqlik sarfi kamayadi. Bog’bop uchlikning ko‘zi 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0 va 4,0 mm bo‘lgan diafragmasi almashtirilib, turli balandlikdagi daraxtlarga brandspoyt bilan ishlov berish mumkin. Dalabop hamda bog’bop uchliklarning ko‘ziga yirik zarrachalar tiqilib qolishi kuzatiladi. Ularga qaraganda birmuncha murakkabroq bo‘lgan, ammo kam tiqiladigan tangensial uchliklar ham keng tarqalgan (172- b rasm). Tangensial uchlik korpusi 1 ning ichiga metallokeramik almashuvchan disk 6o‘rnatiladi. Uchlik ko‘zining diametri har xil (1,5; 2,0; 3,0 mm) bo‘lgan almashuvchan disklar bilan jihozlanadi. Tangensial uchlik ishchi suyuqlikni yirikroq, polidispers (o‘lchamlarning o‘zgarish chegarasi katta) bo‘lgan zarrachalarga parchalaydi.

Download 480.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling