14-Maruza: O‘simliklarni himoyalash mashinalarining asosiy va yordamchi qismlari tuzilishi, texnologik ish jarayoni va sozlanishlari


Download 480.14 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi480.14 Kb.
#1470859
  1   2   3   4
Bog'liq
14-Maruza...


14-Maruza: O‘simliklarni himoyalash mashinalarining asosiy va yordamchi qismlari tuzilishi, texnologik ish jarayoni va sozlanishlari.
Ekinzorga kimyoviy usulda ishlov berish mashinalari texnologik jaravonida quyidagi uchta operatsiyani bajaradi: zaharli moddani doza (me’yor)laydi, uni mayda zarrachalarga parchalaydi va hosil bo‘lgan zarrachalarni ishlov berish ob’ekti (joyi)ga uzatadi. Bunday mashina bilan ishlov berilganda maxsus rezervuar (idish)dagi maxsus suyuqlikni nasos yordamida kerakli bosim ostida parchalovchi uchlikka yuboriladi. Uchliklar eritmani zarrachalarga parchalab, ularga kinetik energiya berishi hisobiga (yoki kuchli havo oqimi yordamida) ishlov beriladigan o‘simlikka uzatadi. Har qanday mashina rezervuar,nasos, parchalovchi uchliklardan tuzilgan.
Rezervuarlar polietilen, oynasimon plastik yoki zanglamaydigan po‘lat tunukalardan tayyorlanib, idishning bo‘g’ziga quyilayotgan eritmani suzadigan filtr, pastki qismiga tindirgich о’rnatilgan bo‘ladi. Rezervuarni to‘ldirish uchun ejektorlar keng qo‘llaniladi. Rezervuardagi emulsiya yoki suspenziyaning konsentratsiyasi doimo bir xil bo‘lishi uchun uni uzluksiz aralashtirib turadigan pnevmatik, gidravlik yoki mexanik aralashtirgichlar o‘rnatiladi.
Nasoslar suyuqlikni uchliklarda parchalash uchun zarur bo‘lgan bosim ostida yetkazib berishi kerak. Bosim ostida parchalangan zarrachalar purkash obyektiga yetib borishi uchun yetarli kinetik energiyaga ega bo‘lishi zarur. O‘simlikka uchlik o‘ta yaqin olib borilishi mumkin bo‘lganligi sababli, bu ishni bajarish uchun 0,2 - 1,0 MPa (2 -10 atm), bog’lardagi baland daraxtlarga ishlov berish uchun esa 2,0 - 2,5 MPa bosim talab qilinadi. Bosim hosil qilish pnevmatik yoki gidravlik nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmatik nasos havoni rezervuardagi suyuqlik ustiga haydab, u yerda ortiqcha bosim hosil qilishi tufayli, ishchi suyuqlikni siqib, magistral shlangga majburan yuboradi. Pnevmatik nasoslar qo‘l purkagichlarida ishlatiladi.
Gidravlik nasoslar keng tarqalgan bo‘lib, ular ishchi suyuqlikni bevosita o‘zidan o‘tkazib, katta bosim ostida parchalovchi uchliklarga yuboradi. Bu ishni amalga oshirishda porshenli, plunjerli, markazdan qochirma, girdoblovchi, shesternali, diafragmali, membranali, rolikli, o‘qi bo‘ylab va boshqa turdagi nasoslar ishlatiladi. Porshenli va plunjerli nasoslar katta bosim (2,5 - 3,0 MPa), diafragmali, shesternali, rolikli nasoslar kichik bosimli (0,5-0,6 MPa) purkagichlarda ishlatiladi. Nasos haydayotgan suyuqlik bosimi o‘zgaruvchan emas, bir tekis bo‘lishi kеrаk.

Download 480.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling