14-Maruza: O‘simliklarni himoyalash mashinalarining asosiy va yordamchi qismlari tuzilishi, texnologik ish jarayoni va sozlanishlari
Download 480.14 Kb.
|
14-Maruza...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanuvchan uchlik
- Barabansimon parchalagichda
Pnevmatik uchlikda (173- d rasm) jo‘mrak 3 dan bosim ostida otilib favvorasimon chiqayotgan suyuqlikni kamaycha 4 dan katta tezlikda kelayotgan havo oqimi urib parchalaydi (pulverizatorga o‘xshab). Suyuqlikni parchalash darajasi karnaychalarning joylashtirilishini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi. Parchalashni kuchaytirish uchun bunday uchlik kuchli havo oqimi yo‘liga o‘rnatiladi.
Aylanuvchan uchlik turlari juda ko‘p bo‘lib, suyuqlikni sifatliroq (monodispersga yaqinroq) parchalashi bilan ajralib turadi. Ularning eng soddasi juda katta tezlikda (14000 - 20000 ayl/min) aylanadigan konussimon diskka o‘xshaydi (173- e rasm). Disk 5 ning cho‘qqisiga naycha 1 orqali bosim ostida kelgan suyuqlik favvorasi uriladi va asosan, markazdan qochirma kuchlar ta’sirida parchalanib 360° atrofga tarqatiladi. Disk diametri 80 - 220 mm bo‘ladi va uni majburan aylantirish uchun elektromotor qo‘yiladi. 173- frasmdagi sxemada naycha 1 ning uchidagi teshikchalardan favvorachalar, o‘ta katta tezlikda aylanayotgan mayda ko‘zli to‘rsimon silindrning ichidan tashqariga parchalanib chiqadi. Barabansimon parchalagichda (173– g rasm) suyuqlik naycha 1 dan otilib chiqib, barabanning tubiga urilgandan so‘ng markazdan qochirma kuchlar ta’sirida uning chetiga borib, baraban devorining ichi bo‘ylab yupqa parda ko‘rinishida yuqoriga ko‘tariladi. Baraban devoridagi mayda (1,5 mm) teshiklar orqali tashqariga otilib chiqib ketadi. Yuqoridagi tangensial, dalabop, markazdan qochirma pnevmatik uchliklar ishini sezilarli darajada yaxshilash uchun ularga yuborilayotgan suyuqlikka havo pufakchalarini bir tekis aralashtirib berish kerak. Shu maqsadda, 174- rasmdagi boyitish kamerasidan foydalangan ma’qul. Kamera korpus 1, deflektor 2, kiritish naychasi 3, karnaycha 4, chiqarish naychalari 5 lardan tuzilgan.Bosim ostidagi suyuqlik kiritish naychasi 3 orqali kameraga favvora ko‘rinishida kiritiladi va deflector 2 ga urilib, yupqa plyonka ko‘rinishida 360° atrofga tushayotganida, karnaycha 4 orqali havo favvorasi oqimi ta’sirida parchalanib, o‘ta kuchli turbulentli girdobsimon harakatga keltiriladi. Kuchli turbulent harakat havo pufakchalarining bir-biriga qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan aralashma chiqish naychalari 5 orqali uchlikka boradi va uning ko‘zidan katta bosim ostida pufakchalar atmosferaga chiqadi. Pufakchalar tashqariga chiqayotib yoriladi, natijada pufakning yupqa qobig’i o‘ta mayda suyuqlik zarrachalariga aylanadi. Download 480.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling