14-ma’ruza: qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob – uskunalar


-rasm. Qorishmaning qavatlarga uzatilish qirqimi


Download 166.5 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi166.5 Kb.
#1027226
1   2   3
Bog'liq
Qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob – uskunalar.

14.2-rasm. Qorishmaning qavatlarga uzatilish qirqimi:
1-pnevmatik forsunka; 2-material shlangi; 3-qavatlararo bunker; 4-qorishma nasosi; 5-rotatsion kompressor; 6-havo shlangi; 7-qorishma nasosi bunkeriga ulangan shlang; 8-qorishma nasosiga keltiruvchi shlang.

Qurilmalar, agregatlarning unumi ular tarkibiga kirgan mashinalarga bog‘liq. Birinchi holda ba’zi ishlar (masalan, yuk ko‘targichga materiallarni ortish) qo‘lda bajarilsa, boshqa holda barcha jarayonlar mexanizmlar yordamida bajariladi. Bir kishi pultdan boshqara oladigan qurilmalar ham bor, ba’zan shu maqsad uchun bir nechta kishining bo‘lishi zarur.


Ba’zi qorishma nasoslarining ko‘pgina noqulay tomonlari bor. Ular uchun shlanglar, forsunkalar, bunker va hokazolar talab etiladi. Tashib keltirilgan qorishma ko‘pincha quyulib qoladi va qo‘lda suzib tindirishni talab qiladi. Shu sababli sanoat korxonalari qorishma nasoslarini komplektlashda, ya’ni bunker, tebranma g‘alvir, shlanglar, forsunkalar va hokazolar bilan birgalikda ishlab chiqara boshladi.
Engil metalldan iborat og‘ma tubli yonlama bunker qorishmaning suruvchi shlangga o‘z-o‘zidan borishini ta’minlaydi. Tebranma g‘alvir bunker tepasiga, bunkerga tushadigan qorishma suziladigan, u quyulmagan bir jinsli bo‘lib qoladigan qilib mahkamlanadi, bu esa qorishma nasosining muttasil ishlashini ta’minlaydi. Qorishmadagi ba’zi yirik qum donalari g‘alvir ichida qoladi.
Qorishmani mashinalar yordamida chaplash

Qorishma quvur orqali o‘tayotganda u yo‘naltirilgan yoki yo‘naltirilmagan harakat qilishi mumkin. Qorishmani quvur orqali yo‘naltirilgan harakati uni kompressordan keladigan siqilgan havo bilan ishlaydigan nasoslarda uzatishda kuzatiladi. Ayrim qorishma nasoslari ishlatilganda qorishma nasosi plunjeri hosil qiladigan turtkilar tufayli truboprovodning ba’zi joylarida qorishmaning o‘tish tezligi har xil bo‘ladi. Qorishmadan cho‘kadigan qumning to‘planib presslanishi sababli tiqin hosil bo‘ladi va truboprovodni tozalash uchun qorishma nasosini tez-tez to‘xtatishga to‘g‘ri keladi.


Ohak-qum aralash va 1:2 dan 1:3 gacha tarkibda bo‘lgan sement qorishmalari qorishma nasoslari yordamida so‘rib olinadi. 1:0,5÷1:1 gacha bo‘lgan tarkibda bo‘lgan ohak-gips qorishmalariga susaytirgich qo‘shilishi shart. Qorishma tayyorlash uchun dastlab susaytirgichga gips solinadi, so‘ng unga ohak eritmasi qo‘shiladi va ularning hammasi qorishma qorgichda yaxshilab aralashtiriladi.
Qorishmaning quvur orqali qanchalik qulay uzatilishi ohak xamirining kuchiga, gipsning turiga, sementning markasiga, qumning sifatiga bog‘liq. Qumning 1,5 mm dan yirik bo‘lmagan donalari qanchalik qirrador bo‘lsa qorishma shunchalik qulay uzatiladi. Qorishmalarni uzatishni yaxshilash maqsadida ularga plastifikatorlar (loy-ohak) qo‘shiladi. Qorishma nasoslari juda quyuq qorishmani uzata olmaydi.
Qorishma nasoslarini qorishma qorgichlarni yuqori malakali mashinistlar boshqarishi kerak. Suvoqchi qorishmani yuzaga chaplashdan oldin qorishma oqimining kerakli uzunligini va uning qanchalik sochilib chiqishini aniqlashi kerak. Qorishma oqimining uzunligi va sochilib otilib chiqayotgan qorishmaning qancha joyga etib borishi qorishma nasosining turiga, kompressorning kuchiga, forsunkalarning tuzilishiga, qorishmaning quyuq-suyuqligiga bog‘liq.
Sachratishda qorasuvoqda va pardozsuvoqda qorishmalar bir tekisda chaplanishi kerak. Qorasuvoq qatlamining qalinligi 10 mm dan oshmasligi kerak.



Download 166.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling