14-Ma'ruza. Uchuvchan suyuq aralashmalarning termodinamikasi


Download 104.43 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi104.43 Kb.
#1458898
1   2   3   4
Bog'liq
14-Ma\'ruza. (1)

Vrevskiyning 1-qonuni: o’zgarmas tarkibli eritmaning haro-rati oshirilganda uning bug’i partsial molyar bug’lanish issiqligi katta bo’lgan komponent bilan boyiydi.


Vrevskiyning 2-qonuni: agar binar sistema umumiy bosim-ning maksimumi bilan tavsiflansa, u holda harorat ko’tarilganda azeotrop aralashmada partsial molyar bug’lanish issiqligi katta bo’l-gan komponentning kontsentratsiyasi ortadi. Agar sistema umumiy bosimning minimumi bilan tavsiflansa (qaynash haroratining maksimumi), u holda, harorat ko’tarilganda, azeotrop aralashmada partsial molyar bug’lanish issiqligi kichik bo’lgan komponentning kontsentratsiyasi ortadi.


Vrevskiyning 3-qonuni 1- va 2-qonunlardan kelib chiqadi: agar binar sistema umumiy bosimning maksimumi bilan tav-siflansa, harorat o’zgartirilishi bilan bug’ning va suyuq azeotrop aralashmaning tarkiblari bitta yo’nalishda o’zgaradi. Agar binar sistema umumiy bosimning minimumi bilan tavsiflansa, harorat o’zgartirilishi bilan, bug’ning va azeotrop aralashmaning tarkib-lari qarama-qarshi yo’nalishlarda o’zgaradi.

Aralashmaning qaynash tеmpеraturasi va uning tarkibi orasidagi bog`lanish.


Bug` bosimi diagrammasida maksisum yoki minimum ko`rsatadigan aralashmalarni xaydash nazariyasi D. P. Konovalovning II qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq umumiy bug` bosimi diagrammasidagi (yoki qaynash tеmpеraturasi diagrammasidagi) maksimum yoki minmum nuqtalarga to`g`ri kеladigan aralashmalarning tarkibi ular bug` holida bo`lganda ham, suyuq holda bo`lganda ham bir hildir.
O`z tarkibini va qaynash tеmpеraturasining o`zgartirmay xaydaladigan ana shunday aralashmalar azеtrop aralashmalar dеyiladi. Masalan 20% HCI va 80% Н2О dan iborat aralashma1100С da qaynaydi. Bu aralashma qaynaganda chiqqan bug`ning tarkibida ham 20% НСI va 80% Н2О bo`ladi, bu tajribadagi aralashmani qayrtish yo`li bilan HCI va N2O ni bir-biridan ajratib bo`lmaydi
Qaynash tеmpеraturasi diagrammasida maksimumga ega bo`lgan azеotroplar.


Download 104.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling